Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi DIREKTORINING
buyrugʻi
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilishda test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 4-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2490-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2018-yil 15-apreldagi 01-125-sonli “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilishda test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2490-3, 05.05.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-iyuldagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2013-yil 24-iyuldagi 01-268-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2490, 2013-yil 26-iyul) bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilishda test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor J. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 3-avgust,
01-266-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 3-avgustdagi 01-266-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilishda test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 4-banddagi “3 — 10-sanalari” degan soʻzlar “3 — 15-sanalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 10-bandning uchinchi xatboshisidagi hamda 1-ilovaning 2-shakli nomidagi “(TOEFL yoki IELTS)” degan soʻzlar “(CEFR, IELTS yoki TOEFL)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 56-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“56. Abituriyentlar ikkita (“Demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish nazariyasi va amaliyoti asoslari”, “Mutaxassislik fanlari”) yoki uchta (“Demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish nazariyasi va amaliyoti asoslari”, “Mutaxassislik fanlari” va “Chet tili”) fan majmualari boʻyicha test sinovini topshiradi.
“Demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish nazariyasi va amaliyoti asoslari”, “Chet tili” fanlari test savollari namunaviy oʻquv dasturlari asosida, “Mutaxassislik fanlari” test savollari TDYU tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan oʻquv dasturlariga muvofiq Davlat test markazi tomonidan shakllantiriladi.”.
4. 57, 58 va 65-bandlardagi “Mutaxassislik fani” degan soʻzlar “Mutaxassislik fanlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Mazkur oʻzgartirishlar Toshkent davlat yuridik universiteti bilan kelishilgan.
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori E. KANYaZOV
2016-yil 3-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 31-son, 386-modda)