Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 3-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2242-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 19-apreldagi 233-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2242-4, 19.04.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son “Oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi hamda 2016-yil 16-iyundagi 209-son “Oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik jarayoni optimallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2011-yil 6-iyuldagi 01-222/1-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2242, 2011-yil 8-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 28-son, 293-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq 2017-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Direktor J. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 2-avgust,
01-264-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 2-avgustdagi 01-264-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining (bundan buyon matnda taʼlim muassasalari deb yuritiladi) bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazishga nisbatan tatbiq etilmaydi.”;
2. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Qabul komissiyalari 15-iyundan 15-iyulgacha (shu kuni ham), Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi uchun 15-iyundan 10-iyulgacha abituriyentlarning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizalarini qabul qiladi va hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida abituriyentlarga belgilangan shaklda tilxat beradi.”.
3. 14-banddagi “21” raqami “16” raqami bilan almashtirilsin.
4. 15 va 16-bandlardagi “22” raqamlari “17” raqamlari bilan almashtirilsin.
5. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Davlat soliq qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK bilan kelishilgan.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAXOBOV
2016-yil 5-iyul
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2016-yil 6-iyul
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2016-yil 20-iyul
Madaniyat va sport ishlari vaziri B. AXMEDOV
2016-yil 11-iyul
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV
2016-yil 18-iyul
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X. MIRZAXIDOV
2016-yil 8-iyul
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURIDINOV
2016-yil 7-iyul
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisi A. RAMATOV
2016-yil 25-iyul
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2016-yil 22-iyul
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2016-yil 15-iyul
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK Bosh direktori v.v.b. N. SNITKA
2016-yil 1-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 31-son, 385-modda)