Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 50-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 2-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2658-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2022-yil 28-yanvardagi 47-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2658-4, 03.02.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 16-iyundagi 209-son “Oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik jarayoni optimallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2015-yil 2-fevraldagi 72-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2658, 2015-yil 5-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 9-son, 106-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 50-bandidagi “15-iyulda” degan soʻzlar “10-iyulda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq 2017-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Vazir Q. BERDIYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 29-iyul,
670-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 31-son, 382-modda)