Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 19-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2436-5]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi PF-3860-son “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining 5-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-fevraldagi 21, 16, 3-02, 01-02/8-44-son qarori (roʻyxat raqami 2436, 2013-yil 20-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12-son, 157-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatining 27 — pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
27. |
8429 (8429 11 009 0, 8429 51 990 0, 8429 52 100 9, 8429 52 900 0 dan tashqari) |
Burilmaydigan va buriladigan agʻdargichli buldozerlar, greyderlar, rejalashtiruvchi, oʻziyurar yoʻl katoklari, bundan: boshqa gusenitsali buldozerlar; boshqa frontal bir kovshli yuk ortuvchilar; boshqa gusenitsali ekskavatorlar; boshqa toʻliq aylanma mashinalar mustasno |
”. |
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2016-yil 11-iyul,
117-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 11-iyul,
50-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 11-iyul,
2016/15-4-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2016-yil 11-iyul,
01-02/8-40-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 29-son, 353-modda)