Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yuridik kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 28-iyundagi PQ-1990-son qarorini samarali amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, taʼlim, madaniyat va sport masalalari kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 15-iyul,
234-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-iyuldagi 234-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 40-modda):
a) 2-ilovaga izohga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Bakalavriat darajasida fakultet dekanati nazarda tutilmaydigan oliy taʼlim muassasalarida Oʻquv-metodik boʻlim (boshqarma) boshligʻi va boshliq oʻrinbosarining bazaviy lavozim maoshlari, tegishli ravishda, dekan va dekan oʻrinbosarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtiriladi”;
b) 4-ilovaning 7-bandiga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Bakalavriat darajasida fakultet dekanati nazarda tutilmaydigan oliy taʼlim muassasalarida Oʻquv-metodik boʻlim (boshqarma) boshligʻi va boshliqning oʻrinbosari lavozimini egallab turgan shaxslar ham rahbarlar tarkibiga kiradi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 23-iyuldagi 206-son qaroriga 1-ilovaning 25-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 7-son, 47-modda):
“25. Xorijiy tillarni CEFR (Common European Framework of Reference) boʻyicha kamida V2 darajaga, IELTS (International English Language Testing System) boʻyicha 5,5 ballga yoki TOEFL (Test of English as a Foreign Language) boʻyicha 72 ballga muvofiq boʻlgan darajada bilishining rasmiy tasdigʻi toʻgʻrisidagi amaldagi xalqaro sertifikatlarga ega boʻlgan abituriyentlar “Chet tili” fani boʻyicha kirish imtihonlari topshirishdan ozod qilinadilar.
Ushbu abituriyentlar uchun eng yuqori ball (50 ball) qoʻshiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 29-son, 350-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 09/18/502/1457-son)