Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi tibbiyot amaliyotida qoʻllashga ruxsat etilgan tibbiy buyumlarning roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 12-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2094-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2010-yil 22-martdagi 81-son “Oʻzbekiston Respublikasi tibbiyot amaliyotida qoʻllashga ruxsat etilgan tibbiy buyumlarning roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2094, 2010-yil 13-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 118-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Vazir A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 29-iyun,
59-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 28-son, 342-modda)