12.07.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2808
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.07.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 12-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2808]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi, “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-avgustdagi 157-son “Soliq toʻlovchilarga axborot xizmati koʻrsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 18-dekabrdagi 2007-65-son “Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda yoki aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida taqdim etishning tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1756, 2008-yil 3-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 1-2-son, 3-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 18-martdagi 2013-14-son “Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda yoki aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida taqdim etishning tartibi toʻgʻrisida”gi Vaqtinchalik nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1756-1, 2013-yil 1-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 14-son, 186-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 10-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-21-son

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 10-iyundagi 2016-21-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etishning tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-avgustdagi 157-son “Soliq toʻlovchilarga axborot xizmati koʻrsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq moliyaviy va soliq hisobotlarini (bundan buyon matnda hisobot deb yuritiladi) aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomni amalda qoʻllash maqsadida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlgan axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot vositachisi — elektron hujjat aylanishi bilan bogʻliq xizmatlarni shartnoma asosida koʻrsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hisobotni elektron hujjat tarzida taqdim etishda elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi — hisobotni elektron hujjat tarzida joʻnatuvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobotni elektron hujjat tarzida qabul qiluvchi va ularga ishlov beruvchi davlat soliq xizmati organlari — hisobotni qabul qiluvchi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron hujjat aylanishida axborot vositachilari ham ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hisobotni elektron hujjat tarzida taqdim etish soliq toʻlovchining xohishiga koʻra tegishli dasturiy taʼminotdan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tadbirkorlik subyektlari hisobotni telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hisobotni elektron hujjat tarzida taqdim etmaydigan soliq toʻlovchilar uchun hisobotni qogʻozda taqdim etish tartibi saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron hujjat tarzidagi taqdim etilgan hisobot, soliq toʻlovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hisobotni elektron hujjat tarzida taqdim etishda tegishli dasturiy taʼminot:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organiga joʻnatish uchun hisobotni elektron hujjat tarzida shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobotni elektron hujjat tarzida joʻnatishda shifrlash va qabul qilib olishda shifrdan yechish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron raqamli imzoni shakllantirish va uni qabul qilib olishda elektron raqamli imzo vositalari yordamida tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobotni elektron hujjat tarzida telekommunikatsiya kanallari orqali joʻnatish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hisobotni elektron hujjat tarzida taqdim etishga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy va soliq hisobotining majburiy rekvizitlari mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjat tarzidagi hisobotlarda elektron raqamli imzo mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjat tarzidagi hisobotlar belgilangan shaklda taqdim etilganda ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Elektron hujjat tarzidagi hisobotdagi axborotlarni muhofaza qilish maqsadida axborotni uzatishda elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini qoʻllaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hisobot elektron hujjat tarzida qabul qilib olinganda, davlat soliq xizmati organlarining dasturiy-apparat vositalari hisobotni avtomatik tarzda qabul qilinishini, shuningdek soliq toʻlovchiga elektron tarzidagi hisobot qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida tasdiqnomani yuborilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot dastlabki tarzda kameral nazorat qilinmasdan va uning mazmuni muhokama etilmasdan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilanmagan shakldagi hisobot taqdim etilganda davlat soliq xizmati organi hisobot olingan kundan eʼtiboran uch kun ichida bu haqda soliq toʻlovchiga yozma yoki elektron bildirish yuboradi va aniq fikr-mulohazalarni koʻrsatgan holda uni maromiga yetkazish uchun qaytaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hisobot elektron hujjat tarzida taqdim etilganda, soliq toʻlovchi va davlat soliq xizmati organlari uni qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda elektron koʻrinishda saqlanishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hisobotni elektron hujjat tarzida saqlashda elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari tomonidan hisobotning qogʻoz nusxalarini berish va ulardan foydalana olish imkoniyatlari koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hisobotning elektron hujjat tarzida saqlanish muddatlari qogʻozdagi hisobotlar uchun oʻrnatilgan muddatlardan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining elektron hujjat tarzidagi hisobotni taqdim etishdagi oʻzaro munosabatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Soliq toʻlovchi elektron hujjat tarzidagi hisobotni qonunchilikda belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Elektron hujjat tarzidagi hisobotni qabul qilib olishda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining dasturiy-apparat vositalari mazkur hisobotni qabul qilib olganligi toʻgʻrisida, qabul qilib olingan sanasi koʻrsatilgan holda, avtomatik tarzda tasdiqlanishni taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Elektron hujjat tarzidagi hisobot, agar u bevosita soliq toʻlovchi tomonidan yoki uning axborot vositachisi orqali joʻnatilgan boʻlsa, joʻnatilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Elektron hujjat tarzidagi hisobotni taqdim etish sanasi elektron hujjatning davlat soliq xizmati organining elektron manziliga kelib tushgan sanasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Elektron hujjat tarzidagi hisobot quyidagi hollarda davlat soliq xizmati organiga taqdim etilmagan deb hisoblanadi, agar unda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami koʻrsatilmagan yoki notoʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq davri va (yoki) soliq yoki boshqa majburiy toʻlov summasi koʻrsatilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksining 43 va 44-moddalarida soliq hisobotini tuzishga doir belgilangan talablar buzilgan boʻlsa.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Hisobotni elektron hujjat tarzida joʻnatishda elektron raqamli imzodan foydalanish tartibi Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmatlarda elektron raqamli imzodan foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 2727, 2015-yil 13-noyabr) bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Hisobotni elektron hujjat tarzida taqdim etuvchi soliq toʻlovchi hisobotdagi maʼlumotlarning oʻz vaqtida va toʻla taqdim etilishiga javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Elektron hujjat tarzidagi hisobotni qabul qiluvchi va unga ishlov beruvchi davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari keyingi foydalanish uchun qabul qilinib olinayotgan axborotga oʻz vaqtida ishlov berilishiga shaxsan javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X. MIRZAXIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 10-iyun

Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 10-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 28-son, 340-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 10/18/2808-1/0675-son; 20.03.2021-y., 10/21/2808-2/0224-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son; 17.03.2025-y., 10/25/2808-3/0246-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)