Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi — “Oʻzbekoziqovqatzaxira”ni tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 8-apreldagi PQ-2517-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi — “Oʻzbekoziqovqatzaxira”ni tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 8-apreldagi PQ-2517-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 29-iyun,
219-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari 8-bandi uchinchi xatboshidagi “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan hududiy (viloyatlar, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y,. 6-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organlar roʻyxatining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” boʻlimida:
a) boʻlimning nomidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari tomonidan amalga oshiriladigan isteʼmol tovarlari ulgurji savdosi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y,. 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatining “Davlat axborot resurslari nomi” ustunining 100-pozitsiyasidagi “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan hududiy (viloyatlar, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmol tovarlari ulgurji savdosi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 27-martdagi 52-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 24-modda):
a) muqaddimadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 23-fevraldagi PF-3722-son Farmonini hamda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Quyidagilar:
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek ular tomonidan ulgurji savdoni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari tomonidan isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
v) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Belgilansinki, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalarining yoʻqotishlardan va nolikvid tovarlar narxini pasaytirishdan koʻrgan zararlari faqat korxonalarning oʻz daromadlari hisobiga qoplanadi”;
g) 5-banddagi “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan hududiy (viloyatlar, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 6-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazsin;
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalariga qonun hujjatlari talablariga rioya qilishni hisobga olgan holda isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirishga litsenziyalar bersin”;
e) 1-ilovada:
ilovaning nomidagi “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan hududiy (viloyatlar, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
I boʻlim nomidagi “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan hududiy (viloyatlar, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan hududiy (viloyatlar, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari muassislari tomonidan taqdim etiladigan taʼsis hujjatlarida:
shakllantiriladigan ustav fondi miqdori (ulgurji savdo korxonalari — aksiyadorlik jamiyatlari uchun — qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda, boshqa ulgurji savdo korxonalari uchun — eng kam oylik ish haqining kamida 3500 baravari miqdorida, ulardan pul mablagʻlari bilan — eng kam oylik ish haqining kamida 1200 baravari miqdorida) toʻgʻrisidagi;
faoliyat turi — isteʼmol tovarlari ulgurji savdosi, shuningdek meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlishi kerak”;
3-banddagi “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan hududiy (viloyatlar, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 2-ilovada:
ilovaning nomidagi “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan hududiy (viloyatlar, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
1-banddagi “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan hududiy (viloyatlar, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda berilgan litsenziya ulgurji savdo korxonalariga”;
7-bandning oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“litsenziya talabgorining “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kirishi”;
8-bandning “g” kichik bandidagi “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-maydagi 153-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari apparatining, ularga idoraviy mansub korxonalarning va xoʻjalik faoliyati hisobiga moliyalashtiriladigan boshqa tashkilotlarning xizmat yengil avtomobillarining cheklangan soni 4-bandining “Boʻlinmalar” ustunidagi “Oʻzulgurjisavdoinvest” soʻzi “Oʻzbekoziqovqatzaxira” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 24-avgustdagi 242-son qaroriga 3-ilovaning “Oʻzulgurjisavdoinvest” ulgurji savdo korxonalari uyushmasi, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi” boʻlimining nomidagi “Oʻzulgurjisavdoinvest” ulgurji savdo korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 220-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 7-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarini joriy etish doirasida oʻz vakolatlari doirasida tibbiy-sanitariya chora-tadbirlari amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari roʻyxatining 12-bandidagi “Oʻzulgurjisavdoinvest” ulgurji savdo korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevraldagi 55-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 9-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan 2016 — 2020-yillar davrida xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksining 21-satridagi “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalq isteʼmol tovarlari koʻrgazmalari va yarmarkalarini oʻtkazish sohasida “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi faoliyatini faollashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 29-dekabrdagi 270-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y,. 4-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotlar roʻyxatining 33-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 27-son, 326-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son, 27.08.2020-y., 09/20/515/1223-son; 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)