10.02.2016 yildagi 16-1303/16066-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudining hal qiluv qarori qonuniy va asoslantirilgan boʻlishi kerak
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat-tijorat “Xalq banki” (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) bilan “Ehtiyotqismservis-MTP” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi) oʻrtasida 2009-yil 18-fevralda 25-sonli Qishloq xoʻjaligi texnikalarini yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlariga koʻra, daʼvogar tomonidan 2009-yil 20-fevraldagi 287-sonli memorial order bilan javobgar hisobiga qishloq xoʻjaligi texnikalarini yetkazib berishi uchun 1 200 000 000 soʻm oʻtkazib berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, javobgar tomonidan shartnoma majburiyatlari lozim darajada bajarilmasdan 342 260 000 soʻmlik tovar yetkazib berilmaganligi oqibatida daʼvogar xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgardan 342 260 000 soʻm asosiy qarz, majburiyat lozim darajada bajarilmaganligi uchun 17 113 000 soʻm penya hamda 70 814 632 soʻm miqdorda boy berilgan foyda undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyat xoʻjalik sudining 16-1103/1290-sonli ishi boʻyicha 2011-yil 11-martda qabul qilingan hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, javobgardan daʼvogarga jami 354 593 494 soʻm undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur sud hujjati boʻyicha 2011-yil 12-aprelda berilgan ijro varaqa asosida qoʻzgʻatilgan ijro ishi natija bermagach, 2011-yil 27-avgustda javobgar 9-sonli xat bilan murojaat qilib, daʼvogarga qarzdorlik evaziga omborxonada saqlanayotgan qishloq xoʻjaligi texnikalarini qabul qilishni taklif etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻng, “Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding” kompaniyasining Xorazm viloyati texnik markazi (bundan buyon matnda arizachi deb yuritiladi) oʻziga tegishli 1988-yilda ishlab chiqarilgan, davlat raqami 01-52 boʻlgan “K-701” rusumli traktorini 65 669 450 soʻm qarzdorlik evaziga, “Madraximxon” fermer xoʻjaligi oʻziga tegishli boʻlgan, 2005-yilda ishlab chiqarilgan, davlat raqami 04-12 boʻlgan “BT-150 D” rusumli gusinichniy traktorini hamda 2007-yilda ishlab chiqarilgan, davlat raqami 16-57 boʻlgan “Sinsen-2A” rusumli kombaynni 104 000 400 soʻm qarzdorlik evaziga, “Jahongir Bektosh” fermer xoʻjaligi oʻziga tegishli 2004-yilda ishlab chiqarilgan, davlat raqami 11-76 boʻlgan “BT-150 D” rusumli traktorini 55 595 400 soʻm qarzdorlik evaziga, shuningdek “Boltaobod” fermer xoʻjaligi oʻziga tegishli “DT-70” rusumli va 2 dona “MTZ-80” rusumli traktorlarini 90 793 643 soʻm qarzdorlik evaziga daʼvogarga ixtiyoriy ravishda topshirishlari haqida 2011-yil 12-sentabrda rozilik xatlari berishgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilgan qishloq xoʻjaligi texnikalarini daʼvogarga topshirishgan va bu haqida tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirishgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, keltirilgan qishloq xoʻjaligi texnikalarini rasmiylashtirish bilan bogʻliq ayrim muammolar chiqganligi bois, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi daʼvogar manfaatida javobgar, arizachi, “Madraximxon”, “Jahongir Bektosh” hamda “Boltaobod” fermer xoʻjaliklariga nisbatan daʼvo bilan murojaat qilib, javobgarlarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligi texnikalariga nisbatan mulk huquqini daʼvogar nomiga rasmiylashtirib berish majburiyatini yuklashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2014-yil 3-yanvardagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilgan. “Boltaobod” fermer xoʻjaligining rozilik xati va tovarni topshirish-qabul qilish dalolatnomalari mavjud boʻlmaganligi sababli, unga tegishli texnikaga nisbatan mulk huquqini belgilash majburiyatini yuklash talabini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida, birinchi instansiya sudi ishni koʻrishda ish holatlarini toʻliq oʻrganmaganligi, protsessual va moddiy huquq normalarini notoʻgʻri qoʻllagan holda daʼvoni qisman qanoatlantirish haqida barvaqt xulosaga kelganligi bayon qilinib, ushbu hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ishdagi hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga binoan hal qiluv qarorini bekor qilib, palataning daʼvosini qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni, arizachining kassatsiya shikoyatini toʻliq qanoatlantirishni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi)ning 135-moddasiga muvofiq xoʻjalik sudining hal qiluv qarori qonuniy va asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi) 8 va 234-moddalariga koʻra, majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida va ushbu Kodeksda koʻrsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatda taraflar oʻrtasidagi nizo, sud hujjatining ijrosini amalga oshirish jarayonida uchinchi shaxslarga tegishli texnikani qarz evaziga qabul qilib, uni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda vujudga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, Namangan viloyati xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan (16-1103/1290-sonli ishi boʻyicha) 2011-yil 11-martdagi hal qiluv qarori bilan javobgardan daʼvogarga undirish belgilangan qarz summasini ijro etish boʻyicha berilgan ijro varaqasi asosida qoʻzgʻatilgan ijro ishi yurituvi jarayonida, javobgar 2011-yil 27-avgustda daʼvogarga qarz evaziga qishloq xoʻjaligi texnikalarini qabul qilishni taklif qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taklif asosida daʼvogar tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikalari qabul qilingach, ularni tegishli tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha majburiyat yuklash haqida daʼvo qoʻzgʻatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 2010-yil 19-noyabrdagi 220-sonli qarorining (bundan buyon matnda Qaror deb yuritiladi) 4-bandiga koʻra, FK 11-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisida fuqarolik huquqlari huquqni tan olish yoʻli bilan himoya qilinishi belgilangan. XPK 24-moddasi birinchi qismining 3-bandiga koʻra xoʻjalik sudi mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi nizolarni hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatda, birinchi instansiya sudi keltirib oʻtilgan texnikalarni daʼvogar nomiga rasmiylashtirib berish majburiyatini yuklash haqida barvaqt xulosaga kelgan. Chunki, palata tomonidan daʼvo arizasida, qishloq xoʻjaligi texnikalariga nisbatan mulk huquqini rasmiylashtirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, palata texnikalarni daʼvogar nomiga rasmiylashtirish majburiyatini javobgar hamda fermer xoʻjaliklariga yuklashni soʻraganligi holatiga sud eʼtibor bermagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi nizom 7-bandining a) kichik bandchasiga koʻra, traktorlar, traktor tirkamalari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalarni roʻyxatdan oʻtkazadi, ularga davlat raqami belgilarini va texnik pasportlarni, shuningdek qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatda, palata tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikasiga nisbatan mulk huquqini daʼvogarga rasmiylashtirish majburiyatini yuklash soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, arizachi, oʻzining “K-701” rusumli traktorini, “Madraximxon” fermer xoʻjaligi “BT-150 D” rusumli traktori va “Sinsen-2A” rusumli kombaynini, “Jahongir Bektosh” fermer xoʻjaligi “BT-150 D” rusumli traktorini hamda “Boltaobod” fermer xoʻjaligi oʻziga tegishli “DT-70” va 2 dona “MTZ-80” rusumli traktorlarini qarzdorlik evaziga daʼvogarga ixtiyoriy ravishda topshirish haqida 2011-yil 12-sentabrda rozilik xatlari, shuningdek topshirish va qabul qilish dalolatnomalarini imzolab berishgan. Bundan tashqari, nizoli texnikalarga tegishli barcha texnik pasport va boshqa hujjatlar hisob-kitob fakturalari asosida daʼvogarga taqdim etilgan boʻlsada, daʼvogar ushbu hujjatlar bilan nizoli qishloq xoʻjaligi texnikalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish choralarini koʻrganligi yoxud uning tegishli davlat organining roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishi ustidan sudga shikoyat qilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, Qarorning 10.1-bandiga muvofiq, agar sudga notarius yoxud tegishli davlat organi tomonidan oldi-sotdi shartnomasi (yoki boshqa hujjat)ni tasdiqlash yoki roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligi asos qilinib, mulk huquqini tan olish haqida daʼvo kiritilsa, uni qanoatlantirish rad qilinadi. Bunday holda daʼvogarga notariusning notarial harakatni amalga oshirishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarori yoki shartnoma (yoki boshqa hujjat)ni tegishli davlat organining roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, daʼvogar manfaatida palata tomonidan berilgan daʼvoni qanoatlantirish rad etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 188-moddasining birinchi qismida moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilishi xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini yoki qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻlishi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatda, hal qiluv qarori bekor qilinishi, daʼvogarning daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati, birinchi instansiya sudi ish uchun ahamiyatli holatlarni toʻliq oʻrganmasdan, moddiy va protsessual huquq normalarini notoʻgʻri qoʻllagan holda qaror qabul qilganligi sababli, ushbu hal qiluv qarorini bekor qilishni, daʼvo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni, arizachi kassatsiya shikoyatini toʻliq qanoatlantirishni, ishni koʻrish bilan bogʻliq sud xarajatlarini, jumladan sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq 30 000 soʻm sud xarajatini XPKning 95-moddasiga koʻra daʼvogar zimmasiga yuklashni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 10-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-1303/16066-son