01.12.2015 yildagi 23-1509/7240-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport operatsiyalari boʻyicha valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatlardan kechikanda yuridik shaxslar-rezidentlar jarima toʻlashi belgilangan boʻlib, debitorlik qarzni undirish haqida sud qarorining qabul qilinganligi eksport operatsiyalari boʻyicha valyuta tushumi tushishi hisoblanmaydi hamda uni mazkur qarorda belgilangan javobgarlikdan ozod qilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjayli tumani davlat soliq inspeksiyasi xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, “Dae Young Licorice” MChJga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi 245-sonli Qaroriga asosan vaqtida tushmagan valyuta mablagʻlari summasining 70 foiziga teng miqdorda 64 661 132,48 soʻm moliyaviy sanksiya qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan arz qilingan talabni qanoatlantirish rad etilgan. Shuningdek, Xoʻjayli tumani davlat soliq inspeksiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan xususiy ajrim chiqarilgan va Xoʻjayli tumani davlat soliq inspeksiyasiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, arz qilingan talabni toʻliq qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida ishni koʻrishda moddiy va protsessual huquq normalari buzilganligi, ish hujjatlari oʻrganilmaganligi bayon qilinib, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilib, hal qiluv qarorini oʻz kuchida qoldirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, Xoʻjayli tumani davlat soliq inspeksiyasi tomonidan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga muvofiq “Dae Young Licorice” MChJda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi 245-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat soliq boshqarmasining 2015-yil 5-maydagi 14/1-4097-sonli hamda DAT “Asaka” banki Qoraqalpogʻiston Respublikasi filialining 2015-yil 4-maydagi 08-1633-sonli maʼlumotnomasiga asosan nazorat tahlili oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazilgan nazorat tahlilida “Dae Young Licorice” MChJ va “Biz Voice Co.Ltd” kompaniyasi oʻrtasida 2013-yil 9-sentabrda 2-sonli eksport shartnomasi tuzilganligi va mazkur shartnoma boʻyicha 18 396 AQSh dollari miqdorida, shuningdek “Bioland Co.Ltd” kompaniyasi bilan 2013-yil 4-oktabrda tuzilgan 3-sonli eksport shartnomasi boʻyicha 18 292 AQSh dollari miqdorida, jami 36 688 AQSh dollari miqdorida toʻlov muddati 365 kundan oʻtgan debitorlik qarzdorlik mavjudligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan keyin Xoʻjayli tumani davlat soliq inspeksiyasi 2015-yil 20-mayda qaror qabul qilib, unda “Dae Young Licorice” MChJga belgilangan muddatlarda kelib tushmagan valyuta tushumining 70 foizi ekvivalentidagi (36 688 AQSh dollari x 2517,80 = 92 373 046,40 x 70 %) jami 64 661 132,48 soʻm jarimani ixtiyoriy toʻlashni soʻragan. Jarima ixtiyoriy toʻlanmaganligi natijasida mazkur nizo kelib chiqqan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 245-sonli Qarori 4-bandi b kichik bandining toʻrtinchi xatboshisiga koʻra valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 365 kundan ortiq muddatga kechikanda — qoʻshimcha ravishda tushmagan valyuta mablagʻlari summasining 70 foiziga teng miqdorda respublika budjeti daromadiga jarima toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi dalillar “Dae Young Licorice” MChJning haqiqatda valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 365 kundan ortiq muddatga kechikkan jami 36 688 AQSh dollari miqdorida debitorlik qarzdorligi mavjudligidan dalolat beradi. Ushbu holatni inkor etib boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd qilinganlarga koʻra apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qilib, arz qilingan talabni qanoatlantirish haqida toʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dae Young Licorice” MChJning vajlari asossiz. Chunki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 245-sonli qarori v kichik bandida ushbu qarorda belgilangan jarima sanksiyalari qoʻllangan taqdirda takroriy sanksiyalar qoʻllanilmasligi belgilangan boʻlib, mazkur holatda “Dae Young Licorice” MChJga nisbatan mazkur qarori 4-bandining v kichik bandida belgilangan takroriy sanksiyalar qoʻllash holatlari mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, sudya G. Zaripovaning 23-1404/12913-sonli xoʻjalik ishini birinchi instansiya sudida koʻrganligi, mazkur ishni apellatsiya instansiyasi sudida koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi. Chunki, mazkur xoʻjalik ishining asosi va predmeti 23-1404/12913-sonli xoʻjalik ishi boʻyicha muhokama qilingan daʼvoning asosi va predmeti bilan bir xil emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 245-sonli qarori 4-bandining b kichik bandida eksport operatsiyalari boʻyicha valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatlardan kechikanda yuridik shaxslar-rezidentlar jarima toʻlashi belgilangan boʻlib, debitorlik qarzni undirish haqida sud qarorining qabul qilinganligi eksport operatsiyalari boʻyicha valyuta tushumi tushishi hisoblanmaydi hamda uni mazkur qarorda belgilangan javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlarga koʻra sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan qoldirishni, toʻlangan 592 000 soʻm davlat boji va 7 000 soʻm pochta xarajatlarini “Dae Young Licorice” MChJ zimmasida qoldirib, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq 30 000 soʻm sud xarajatlarini unga yuklashni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 1-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-1509/7240-son