22.02.2016 yildagi 18-1506/20711-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Fuqarolik kodeksida, boshqa qonunlarda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi (bundan buyon matnda — Palata) “Koson dehqon (oziq-ovqat) bozori” MChJ (bundan buyon matnda — daʼvogar) manfaatida xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, YTT Muyinov Jamshiddan (bundan buyon matnda — javobgar) bozor infratuzilmasidan foydalangani uchun 4 632 200 toʻlovni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2015-yil 17-sentabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilib, javobgardan daʼvogar foydasiga 4 632 200 soʻm undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida daʼvogar bilan 2014-yil 10-yanvarda tuzilgan 22-sonli shartnomaga asosan bozor infratuzilmasidan foydalanganligi uchun toʻlovlarni toʻliq amalga oshirib kelganligi, daʼvogar oldida qarzdorligi mavjud emasligi bayon qilinib, hal qiluv qarorini bekor qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ishdagi hujjatlar bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, Koson tuman hokimining 2010-yil 24-maydagi 495/05-sonli qaroriga asosan Koson tumani, Yangiobod MFYdagi Koson dehqon bozori hududida joylashgan 117,0 kvadrat metr yer uchastkasi doimiy foydalanish huquqi bilan javobgarga tegishli ekanligi haqida 2012-yil 20-martda Koson tumani xoʻjalik hisobidagi yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri xizmati tomonidan OY 487822-sonli guvohnoma berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 6-martdagi 2336-sonli raqam bilan roʻyxatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2012-yil 24-fevraldagi 22-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 24-fevraldagi 2012-13-sonli “Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash” toʻgʻrisidagi qoʻshma qarorining 3-bandida bozorlar va savdo komplekslari hududida qurilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tegishli yer va mulkka egalik huquqi mavjud boʻlgan bino, inshoot hamda qurilmalar egalaridan bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun 1 kvadrat metrga bir martalik oylik toʻlov belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, taraflar oʻrtasida 2014-yil 10-yanvarda “Bozor infratuzilmasidan foydalanish” toʻgʻrisida 22-sonli shartnoma tuzilgan. Ushbu shartnomaning 2.2-bandiga koʻra javobgar daʼvogar hududida joylashgan 117,0 kv.metrdan iborat savdo doʻkoni joylashgan binoga bozor infratuzilmasidan foydalangani uchun Qashqadaryo viloyat hokimining 2013-yil 8-fevraldagi X-61/02-sonli qarori bilan tasdiqlangan 3-ilovaga muvofiq bir oyga 257 400 soʻm, bir yilga 30 888 000 soʻm toʻlovlarni amalga oshirishi, kommunal toʻlovlar (supurib sidirish xizmati) uchun har oyda 3000 soʻmdan, bir yilga 36 000 soʻm toʻlovlarni amalga oshirishi lozim boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyat hokimining 2015-yil 26-yanvardagi “Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, bino inshoot va yer maydonlaridan undiriladigan toʻlovlar hamda koʻrsatiladigan xizmatlarning yangi miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi X-49/01-sonli qarori bilan tasdiqlangan ilovaga muvofiq savdo komplekslari hududida qurilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tegishli bino, inshoot va qurilmalar egallagan yer maydonlaridan hamda bozor xizmatlaridan foydalanganlik uchun oylik toʻlov 1 kvadrat metr uchun 5 500 soʻm qilib belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, daʼvogar xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar savdo doʻkoni egallagan yer maydoni 117,0 kv. metr uchun Qashqadaryo viloyat hokimining 2015-yil 26-yanvardagi X-49/01-sonli qaroriga asosan bozor infratuzilmasidan foydalanganligi uchun 117,0 x 5 500 = 643 500 soʻm toʻlovni amalga oshirishi lozimligi, lekin javobgar 2015-yil 1-fevral kuni holatiga 4 632 200 soʻm toʻlovni amalga oshirmasdan kelayotganligini asos qilib, javobgardan 4 632 200 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tomonidan ish holatlari toʻliq aniqlanmasdan, daʼvoni qanoatlantirish haqida notoʻgʻri xulosaga kelingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar oʻrtasida tuzilgan 2014-yil 10-yanvardagi 22-sonli shartnomaning 5.2-bandida ushbu shartnomani bajarish, oʻzgartirish va unga amal qilish hamda bekor qilishda paydo boʻlgan bahslar xoʻjalik sudi orqali hal qilinishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (bundan buyon matnda — FK) 382-moddasida agar ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflardan birining talabi bilan shartnoma sud tomonidan faqat ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa, ushbu Kodeks, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan oʻzga hollarda oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, taraflar oʻrtasida 2014-yil 20-fevralda tuzilgan 22-sonli shartnomaga Qashqadaryo viloyat hokimining 2015-yil 26-yanvardagi X-49/01-sonli qaroridan kelib chiqib, oʻzgartirish kiritilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garchand, daʼvogar Qashqadaryo viloyat hokimining ushbu qaroriga asosan javobgarga shartnomaga oʻzgartirish kiritish yuzasidan taklif xati yuborilganligi, lekin javobgar bosh tortganligini vaj qilib keltirgan boʻlsada, javobgarga taklif xati yuborilganligi, javobgar shartnoma loyihasini imzolashdan bosh tortganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolaversa, javobgar shartnomaga oʻzgartirish kiritishga eʼtiroz bildirgan holda, daʼvogar shartnoma shartidan hamda qonun talabidan kelib chiqib, xoʻjalik sudiga shartnomaga oʻzgartirish kiritish yuzasidan daʼvo arizasi bilan murojaat qilishi lozim edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga oʻzgartirish kiritilmagan boʻlsada, daʼvogar Qashqadaryo viloyat hokimining 2015-yil 26-yanvardagi X-49/01-sonli qarorini asos qilib, javobgardan bozor infratuzilmasi uchun 4 632 200 soʻm toʻlovni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tomonidan ushbu holatlarga huquqiy baho berilmasdan, daʼvoni qanoatlantirish haqida notoʻgʻri toʻxtamga kelingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda — XPK) 188-moddasi birinchi qismiga koʻra moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini yoki qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda, sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirib, hal qiluv qarorini bekor qilishni, daʼvogarning daʼvosini qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni, ishni birinchi instansiya sudi va kassatsiya instansiyasi sudlarida koʻrilishi bilan bogʻliq sud xarajatlarini daʼvogar zimmasiga yuklashni, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi bilan bogʻliq 30 000 soʻm sud xarajatini daʼvogardan undirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 22-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-1506/20711-son