04.01.2016 yildagi 10-1510/18772-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bojxona ombori” rejimida saqlanayotgan tovarlarni boshqa bojxona rejimiga belgilangan bojini toʻlagan holda oʻtkaziladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar xoʻjalik sudining 10-1510/2994-sonli xoʻjalik ishi boʻyicha 2015-yil 9-martda qabul qilingan hal qiluv qarori bilan “Grand point invest” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda Qarzdor deb yuritiladi) bankrot deb topilgan va tugatishga oid ish yuritish ochilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatish jarayonida Toshkent shahar bojxona boshqarmasida (bundan buyon matnda Bojxona deb yuritiladi) Qarzdorga tegishli 3.836,00 AQSh dollari qiymatida boʻlgan tovarlar mavjud boʻlib, ular “Ark blok” hamda “Chuqursoy” bojxona omborxonalarida saqlanayotganligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdorning tugatish boshqaruvchisi bojxona omborlarida saqlanayotgan tovarlarni tugatish massasiga qoʻshish maqsadida bojxonaga yozgan murojaati boʻyicha “Bojxona ombori” rejimida saqlanayotgan tovarlarni boshqa bojxona rejimiga belgilangan bojini toʻlagan holda oʻtkazish maqsadga muvofiqligi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng, Qarzdor xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, omborlarida saqlanayotgan Qarzdor nomiga kelgan tegishli tovarlarni “Bojxona ombori” rejimidan “Erkin ombor” rejimiga rasmiylashtirish va rasmiylashtirish bilan bogʻliq bojxona toʻlovlarini kreditorlar reyestriga kiritish majburiyatini bojxonaga yuklashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2015-yil 25-avgustdagi hal qiluv qarori bilan Qarzdorning daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilgan. Bojxona boshqarmasi omborlarida saqlanayotgan tovarlarni bir rejimidan boshqasiga rasmiylashtirish bilan bogʻliq bojxona toʻlovlarini kreditorlar reyestriga kiritish talabi boʻyicha ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hal qiluv qarori ustidan Qarzdor tomonidan berilgan kassatsiya shikoyatida, birinchi instansiya sudi ish uchun ahamiyatli holatlarni toʻliq oʻrganmasdan, moddiy va protsessual huquq normalarini notoʻgʻri qoʻllagan holda daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etish haqida barvaqt xulosaga kelganligi bayon qilinib, hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvo talabini qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasida Qarzdor tugatish boshqaruvchisi kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarini quvvatladi, sudlov hayʼatidan bojxona omborlarida saqlanayotgan tovarlarni boj toʻlovini Qarzdorning kreditorlar reyestriga kiritgan holda olib chiqib, sotishga yordam berishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona vakillari nizoli tovarlar faqatgina belgilangan bojxona boj toʻlovlari toʻlangan taqdirdagina erkin savdo uchun chiqarilishi mumkinligi haqida tushuntirishdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar vakillarining tushuntirishlarini hamda prokurorning hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirish haqidagi fikrini tinglab, ish hujjatlarini kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlar bilan birgalikda muhokama qilib, sudlov hayʼati quyidagi asoslarga hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topdi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi)ning 135-moddasiga binoan, xoʻjalik sudining hal qiluv qarori qonuniy va asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, Qarzdorga nisbatan ochilgan tugatish jarayonida qiymati 3.836,0 AQSh dollariga teng boʻlgan Qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan tovarlar “Ark blok” va “Chuqursoy” bojxona postlari omborxonalarida saqlanayotganligi holati aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining (bundan buyon matnda BK deb yuritiladi) 7-moddasi muvofiq, Oʻzbekiston tovarlari — Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlar yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin muomalaga chiqarilgan tovarlar deb koʻrsatib oʻtilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatda, 26003/16.03.2013/0006431, 26003/24.01.2013/0001878, 26004/28.05.2013/0010325, 26004/24.06.2013/0012616-raqamli bojxona yuk deklaratsiyalari asosida Qarzdor nomiga import qilingan tovarlar “Bojxona ombori” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, tovarlar “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilmaganligi sababli, Oʻzbekiston Respublikasining tovarlari hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BKning 25-moddasida, bojxona ombori shunday rejimki, bunda olib kirilgan tovarlar saqlash davrida import boji, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmasdan bojxona nazorati ostida saqlanishi, tovarlar bojxona ombori rejimida uch yil mobaynida turishi mumkinligi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga tegishli rasmiylashtiruvdan oʻtkazilmagan tovarlar muomalada boʻlishi cheklangan tovarlar boʻlib hisoblanishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2004-yil 27-fevralda 1318-raqam bilan roʻyxatga olingan Nizomning 18-bandida, bojxona ombori rejimiga joylashtirilgan tovarlar tegishli bojxona rejimiga rasmiylashtirilmasdan boshqa shaxsga berib yuborilgan yoki yoʻqotilgan xollarda hamda agarda tovarlar faqat halokat yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoʻq boʻlgan, qaytarib boʻlmaydigan holda qoʻldan ketgan yoxud kamomad, tabiiy eskirish yoki normal saqlash sharoitida kamayish tufayli yuzaga kelgan boʻlmasa, ombor egasi tovarlar erkin muomalaga chiqarilgan holda toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarini toʻlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday tovarlarga nisbatan bojxona ombori rejimiga koʻra, bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kuni amalda boʻlgan bojlar, soliqlar stavkalari qoʻllanilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatda, Qarzdor tomonidan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish uchun belgilangan boj toʻlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, birinchi instansiya sudi Qarzdorning bojxona omborlarida saqlanayotgan tovarlarni oldindan boj hamda boshqa bojxona toʻlovlarini toʻlamagan holda “Bojxona ombori” rejimidan “Erkin ombor” rejimiga rasmiylashtirish majburiyatini yuklash haqidagi talabini rad etish haqida qonuniy toʻxtamga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, bojxonada saqlanayotgan Qarzdorga tegishli tovarlarni bir rejimdan boshqa rejimga rasmiylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan bojxona toʻlovlarini Qarzdorning kreditorlari reyestriga kiritish majburiyatini yuklash haqidagi talab boʻyicha XPK 86-moddasining 1-bandiga mos holda ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida sud asosli xulosa qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli qarori 1-bandiga koʻra, sud tomonidan qabul qilingan qaror moddiy va protsessual qonunchilik normalari bilan toʻliq mos kelishi, shuningdek ish hujjatlari hamda sud aniqlagan holatlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatda, birinchi instansiya sudi ish holatlarini toʻliq oʻrganib, moddiy huquq normalariga toʻliq rioya etgan holda hal qiluv qarori qabul qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 188-moddasining birinchi qismida moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilishi xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini yoki qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻlishi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatda, hal qiluv qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asoslar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati birinchi instansiya sudining ish uchun ahamiyatli holatlarga toʻliq huquqiy baho berib, moddiy va protsessual huquq normalarini toʻgʻri qoʻllagan holda qaror qabul qilganligi sababli, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni, ishni koʻrish bilan bogʻliq davlat boji va pochta xarajatlarini XPKning 95-moddasiga koʻra, qarzdor zimmasiga yuklashni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 4-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-1510/18772-son