21.12.2015 yildagi 10-1209/7831-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talab va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar Adliya boshqarmasi (bundan buyon matnda — Adliya boshqarmasi) daʼvogar “Fazliddin ota” xususiy korxonasi (bundan buyon matnda — xususiy korxona) manfaatida xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (bundan buyon matnda – Kadastr boshqarmasi), Toshkent shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasidan (bundan buyon matnda — Arxitektura boshqarmasi) 70 228 190 soʻm yetkazilgan zararni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2012-yil 15-maydagi ajrimi bilan ishga Toshkent shahar Hokimligi qoʻshimcha daʼvogar sifatida, 2012-yil 12-iyundagi ajrimi bilan Toshkent shahar Hokimligi Binolardan foydalanish Departamenti (bundan buyon matnda — Departament) ishga mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2012-yil 22-iyundagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilib, Toshkent shahar Hokimligidan xususiy korxona foydasiga 70 228 190 soʻm yetkazilgan zarar undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2015-yil 7-maydagi ajrimi bilan Adliya boshqarmasining xususiy korxona manfaatida Toshkent shahar Hokimligi Binolardan foydalanish Departamenti, Toshkent shahar Hokimligiga nisbatan 2012-yil 22-iyundagi hal qiluv qarorini ijro etish usulini va tartibini oʻzgartirish haqidagi arizasini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida sudning ajrimida ariza nima sababdan qanoatlantirilmasdan qoldirilganligi asoslab berilmaganligi, bugungi kunda xususiy korxona tadbirkorlik faoliyatini davom ettirish uchun buzilgan bino oʻrniga unga teng boʻlgan bino ololmasdan kelayotganligi haqida vajlar keltirilib, ajrimni bekor qilib, arizani qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra sud ajrimini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, Toshkent shahar xoʻjalik sudining 2012-yil 22-iyundagi hal qiluv qarori bilan Adliya boshqarmasining xususiy korxona manfaatida kiritilgan daʼvo arizasi qanoatlantirilib, Toshkent shahar Hokimligidan xususiy korxonasi foydasiga 70 228 190 soʻm yetkazilgan zarar undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyinchalik, Adliya boshqarmasi xususiy korxonasi manfaatida xoʻjalik sudiga murojaat qilib, birinchi instansiya sudining 2012-yil 22-iyundagi hal qiluv qarorining ijro etish usulini va tartibini oʻzgartirishni, Toshkent shahar Hokimligi hisobidan xususiy korxona foydasiga 70 228 190 soʻm undirish oʻrniga, 6 yillik inflatsiyani hisobga olgan holda, Departamentga xususiy korxonaga tegishli boʻlgan buzilgan bino oʻrniga-oʻrin, buzilgan doʻkonning umumiy yer maydoni va holatini hisobga olgan holda boshqa bino berish vazifasini yuklatishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud 2015-yil 7-maydagi ajrim bilan mazkur arizani qanoatlantirishni rad etib toʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 217-moddasining birinchi qismiga koʻra xoʻjalik sudi undiruvchi, qarzdor yoki sud ijrochisining arizasiga koʻra sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etishga, ijro etish usulini va tartibini oʻzgartirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya boshqarmasi tomonidan ijro etish usulini va tartibini oʻzgartirishni soʻralgan hal qiluv qarorida Toshkent shahar Hokimligidan xususiy korxonasi foydasiga 70 228 190 soʻm yetkazilgan zarar undirish belgilangan boʻlib, unda xususiy korxonaga yer maydoni va bino berish vazifasini Toshkent shahar Hokimligiga va Departametga yuklash masalasi qoʻyilmagan va koʻrilmagan. Yaʼni, arizada bildirilgan talab mazkur nizo predmeti boʻlmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolaversa, Adliya boshqarmasi hal qiluv qarorining ijrosi va usulini oʻzgartirish uchun asos boʻluvchi holatlarni isbotlab bermagan. Vaholanki, XPKning 55-moddasiga koʻra ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talab va eʼtirozlarini isbotlab berishi kerak. Sud hujjatini ijro etish uchun shahar hokimligining hisob raqamida pul mablagʻi mavjud boʻlmaganligi arizani qanoatlantirish uchun asos boʻla olmaydi. Chunki, qonun hujjatlarida sud hujjatini majburiy ijro etish jarayonida qarzdorning hisob raqamida pul mablagʻi boʻlmagan taqdirda, undiruvni uning mol-mulkiga qaratish yoki boshqacha tarzda ijro etish tartiblari ham mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, sudlov hayʼati Adliya boshqarmasining kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlari bilan kelisha olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlarga asosan sudlov hayʼati, sud moddiy va protsessual huquq normalarini toʻgʻri qoʻllab, arizani qanoatlantirishni rad qilish haqida qonuniy toʻxtamga kelganligi sababli, kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlar asosida sud ajrimini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar mavjud emas deb hisoblab, shikoyatni qanoatlantirishni rad etib, ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq oldindan toʻlangan 7 200 soʻm pochta xarajatlarini Adliya boshqarmasining zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 21-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-1209/7831-son