Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018 07.05.2004 yildagi 220-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018
Hujjat 31.03.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“SIFAT” OʻZBEKISTON PAXTA TOLASINI SERTIFIKATLASh MARKAZI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2018-yil 1-avgustda oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan standartlar, metodikalar, qoidalar, kontraktlar, shartnomalarga hamda respublika hududida paxta tolasini ishlab chiqarish va saqlash joylarida uning sifatiga qoʻyiladigan talablarni nazarda tutuvchi boshqa bitimlarga muvofiq paxta tolasini sertifikatlash va uning sifatini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi turkumlari massasini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon bozori va ichki bozor talablariga muvofiq paxta tolasini sertifikatlash va uning sifatini nazorat qilish tizimini rivojlantirish va taʼminlash boʻyicha amaliy va ilmiy faoliyatni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tozalash sanoati korxonalarini, paxta tolasi va momiq xaridorlarini va boshqa tashkilotlarni sertifikatlanadigan mahsulotning standart namunalari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta mahsulotini sertifikatlash, tasniflash, sinash usullari boʻyicha mutaxassislar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 31-martda 93-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 12-13-son, 91-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaz bosh direktoriga, zaruriyat boʻlganda, Markaz markaziy apparatining tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni va ularning taʼminoti uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 31-martda 93-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 12-13-son, 91-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 20-martdagi 122-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 3-son, 11-modda) 2, 3, 4 va 8-bandlari hamda qarorga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 7-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 31-martda 93-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 12-13-son, 91-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 7-maydagi 220-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi (keyingi oʻrinlarda matnda Markaz deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasida paxta tolasini sertifikatlash va uning sifatini nazorat qilish organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaz tizimiga yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Markaziy inspeksiya va nazorat laboratoriyasi hamda mintaqaviy sinov laboratoriyalari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaz oʻz faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markaz va uning mintaqaviy boʻlinmalarini moddiy-texnik taʼminlash, Markaz tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash paxta tolasini sertifikatlash ishlarini bajarishdan tushadigan mablagʻlar, shuningdek amaldagi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Markazning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) belgilangan standartlar, metodikalar, qoidalar, kontraktlar, shartnomalarga hamda respublika hududida paxta tolasini ishlab chiqarish va saqlash joylarida uning sifatiga qoʻyiladigan talablarni nazarda tutuvchi boshqa bitimlarga muvofiq paxta tolasini sertifikatlash va uning sifatini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) respublika paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi turkumlari massasini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jahon bozori va ichki bozor talablariga muvofiq paxta tolasini sertifikatlash va uning sifatini nazorat qilish tizimini rivojlantirish va taʼminlash boʻyicha amaliy va ilmiy faoliyatni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) paxta tozalash sanoati korxonalarini, paxta tolasi va momiq xaridorlarini va boshqa tashkilotlarni sertifikatlanadigan mahsulotning standart namunalari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro moliya tashkilotlari bilan tuzilgan bitimlariga muvofiq loyihalarni amalga oshirishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) paxta mahsulotini sertifikatlash, tasniflash, sinash usullari boʻyicha mutaxassislar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) paxta tolasi va uni qayta ishlashdan olinadigan boshqa mahsulotlarga davlat standartlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sertifikatlash tartibini belgilovchi normativ-texnik, tashkiliy-metodik hujjatlarni ishlab chiqadi va yangilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sertifikatlashga buyurtmalar qabul qiladi va paxta tolasi sifatini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) paxta tolasi tashqi koʻrinishining standart namunalarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) paxta tolasi sifatini aniqlash metodlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda ularni takomillashtirish yuzasidan tegishli ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) paxta mahsulotlarini sertifikatlash, tasniflash va sinash usullari boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi, oʻqitishning shakl va usullarini takomillashtirish tadbirlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) paxta mahsulotini sertifikatlash sohasida respublikada va uning tashqarisida paxta tolasini ishlab chiqaruvchilar, tashqi savdo tashkilotlari va paxta mahsulotlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarni bevosita va mintaqaviy sinov boʻlinmalari orqali hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Markazning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Markaz oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) respublikadagi ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar uchun majburiy boʻlgan paxta tolasining milliy va xalqaro standartlarga muvofiqlik sertifikatlarini belgilangan tartibda berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) paxta tolasini eksportga yetkazib berish jarayonida uning sifatiga baho berilayotganda, sifat masalalari koʻrib chiqilayotganda xorijiy va xalqaro tashkilotlarda respublika manfaatlarini ifodalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mehnatga haq toʻlash, uni tashkil etish va normalash shakllari va tizimini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bank va tijorat kreditlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) respublikada va chet ellarda oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan, amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan bitishuvlarni va boshqa yuridik hujjatlarni tuzish va xatti-harakatlarni sodir etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan binolar qurish, sotib olish, oʻzgaga berish, ijaraga olish, kiraga olish va berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) respublikada va chet ellarda mustaqil ravishda yoki vatanimizdagi yoki xorijiy sheriklar bilan pay asosida filiallar, boʻlimlar, vakolatxonalar va shu kabilarni taʼsis etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) korxona va tashkilotlarga, ularning ishlab chiqarish binolariga, omborlariga kirish, sinash, sertifikatlash yoki sifatning standartlarga va boshqa normativ-texnik hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat (inspeksiya) qilish uchun tegishli paxta mahsuloti namunalarini tanlab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) korxonalar va tashkilotlardan xomashyo va paxta tolasi sifati masalalari boʻyicha axborotni belgilangan tartibda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) paxta mahsulotini standartlash va sertifikatlash masalalarini hal qilish uchun mutaxassislarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) paxta tolasi sifatini tekshirish natijalari boʻyicha hujjatlar tuzish hamda tegishli korxonalar va tashkilotlar rahbarlariga amaldagi standartlar buzilishining aniqlangan hollarini bartaraf etish yuzasidan takliflar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) respublikada va chet elda “nou-xau” hamda paxta mahsulotini standartlash, sertifikatlash va sifatini nazorat qilish boʻyicha boshqa ilmiy yutuqlarni xarid qilish va belgilangan tartibda sotish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Markaz faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Markazga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bosh direktor boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktor maqomiga koʻra vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi, uning ikki nafar, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bosh direktor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi hamda Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, Markaz tizimining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini, Markaz faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish yuzasidan oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning javobgarligi darajasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tizimi xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruriyat boʻlganda xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Markaz markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi, uning shtat jadvalini, shuningdek Markaz markaziy apparati va uning mintaqaviy sinov laboratoriyalarining xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz markaziy apparati va uning boʻlinmalari xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Markazda 7 kishidan iborat hayʼat tashkil etiladi, uning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz hayʼati Markaz faoliyatining asosiy masalalarini koʻrib chiqadi, Markaz tarkibiy boʻlinmalari va mintaqaviy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi, Markazning muhim buyruqlari va boshqa hujjatlari loyihalarini muhokama qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat qarorlari bosh direktorning buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi. Bosh direktor bilan hayʼat oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqanda bosh direktor oʻz qarorini amalga oshiradi. Yuzaga kelgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida bosh direktor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Markazni tugatish yoki qayta tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 221-modda; 2005-y., 12-13-son, 91-modda; 19-20-son, 140-modda)