06.05.2004 yildagi 213-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.10.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PORTLOVCHI MODDALAR VA PORTLATISH VOSITALARINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA OLIB KIRISH, TRANSPORTDA TASHISH, SAQLASH VA ULARDAN FOYDALANISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portlovchi moddalar va portlatish vositalarining (keyingi oʻrinlarda matnda “portlovchi moddalar” deb yuritiladi) xavfsizligini taʼminlash, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish hamda ushbu materiallar jinoyat maqsadlarida oʻgʻirlanishi, talon-toroj qilinishi, foydalanilishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda nazorat qilinadigan sanoat maqsadidagi portlovchi materiallar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 809-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat maqsadidagi portlovchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish portlovchi moddalar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 809-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portlovchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasiga jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish, shu jumladan kuzatilmaydigan bagajda olib kirish taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portlovchi moddalarni (olib kirishga ruxsatnoma mavjud boʻlganda) transport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan oʻtkazish punktlari orqali ustuvor tartibda (navbatsiz) oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portlovchi materiallarni bojxonada tekshirish faqat maxsus jihozlangan joylarda (portlovchi materiallarni saqlash omborlarida) amalga oshiriladi;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 809-sonli qaroriga asosan uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 503-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portlovchi moddalar maxsus jihozlangan avtotransport vositalari va temir yoʻl vagonlarida faqat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qurollangan boʻlinmalari soqchiligi ostida tashiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portlovchi moddalarni Oʻzbekiston Respublikasi havo kengligida fuqaro aviatsiyasining havo kemalari bilan tashish qatʼiyan taqiqlanadi. Istisno hollarda bunday tashish fuqaro aviatsiyasining havo kemalari bilan xavfsizlikning zarur chora-tadbirlariga rioya qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori boʻyicha amalga oshirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoq vaqt saqlanadigan portlovchi materiallar omborlari Ichki ishlar vazirligining boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlanadi, qisqa muddatli, koʻchma sarflash va yer osti omborlari Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalari yoki idoraviy harbiylashtirilgan soqchilik xizmati tomonidan qoʻriqlanishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portlovchi moddalarni hisobga olish, saqlash, transportda tashish va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining avval chiqarilgan qarorlariga muvofiq tuzilgan portlovchi materiallarni xarid qilish va olib kirishga kontraktlar ular boʻyicha majburiyatlar bajarilgunga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Zaryadni masofadan turib (kontaktsiz) portlatish qurilmalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va ulardan portlatish ishlarini bajarishda foydalanish taqiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishuv boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Elektromagnit moslik markazi tomonidan ruxsat berilgan chastotada ishlash sharti bilan Muruntov konida quduq zaryadlari bloklarini masofadan turib boshqarishga maxsus moʻljallangan “Druza-M” tipidagi portlatish apparatini olib kirishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy kon-metallurgiya kombinati rahbariyatiga (N.I. Kucherskiy) xavfsizlik chora-tadbirlariga rioya qilgan holda mazkur apparatni olib kirish, hisobga olish, saqlash va undan maqsadli foydalanish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ichki ishlar vazirligi (Z.A. Almatov) “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi (R.T. Saidov) bilan birgalikda Navoiy kon-metallurgiya kombinatidagi mavjud “Druza-M” tipidagi zaryadni masofadan turib (kontaktsiz) portlatish qurilmalari saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 809-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi (R.T. Saidov) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzbekportlatishsanoat” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda zamonaviy talablarni va shart-sharoitlarni hisobga olgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda — Portlovchi materiallarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni tashish qoidalarini (ularda mutaxassislarga qoʻyiladigan ishlab chiqarish talablari va ishga qoʻyishni rasmiylashtirish tartibi nazarda tutilsin);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 1-yanvargacha — Portlatish ishlarini bajarishda xavfsizlikning yagona talablarini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki oy muddatda portlovchi materiallarni ishlab chiqaradigan yoki ulardan foydalanadigan korxonalarda portlovchi materiallar, portlatish qurilmalarini tashish, saqlash va portlatish ishlarini amalga oshirishga qoʻyilgan xodimlar attestatsiyadan oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Adliya vazirligi (A.A. Polvon-zoda) vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi Kotibi R. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 6-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 6-maydagi 213-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda nazorat qilinadigan sanoat maqsadidagi portlovchi materiallar roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Nomi‎

TIF TN‎

1.‎

Tetril (ammoniy nitriti) va portlovchi moddalar xossalariga ega boʻlgan boshqa nitritlar‎ 283410000 dan‎

2.‎

Ten (pentaeritrittetranitrat) va portlovchi moddalar xossalariga ega boʻlgan boshqa nitritlar‎ 283429800 dan‎

3.‎

Cimobli portlovchi modda (simob fulminati) va portlovchi moddalar xossalariga ega boʻlgan boshqa fulminatlar‎ 283800000 dan‎

4.‎

Trotil, granutol, trinitrotoluol va portlovchi moddalar xossalariga ega boʻlgan boshqa nitritlashgan yoki nitritlashtirilgan hosila uglevodorodlar‎ 290420000 dan‎

5.‎

Trinitrofenol (pikrin kislotasi) va boshqa portlovchi moddalar xossalariga ega boʻlgan nitritlashtirilgan hosila fenollar yoki fenol spirtlar‎ 290890000 dan‎

6.‎

Geksogen, trimetilentrinitramin va portlovchi moddalar xossalariga ega boʻlgan boshqa geterotsiklik birikmalar‎ 293369100 dan‎

7.‎

Porox‎ 360100000‎

8.‎

Tayyor portlovchi moddalar, poroxdan tashqari‎ 360200000‎

9.‎

Bikford piltasi; portlovchi piltalar;‎ 360300100‎

10.‎

Bikfordlarning boshqa piltalari; portlovchi piltalar; zarbali yoki portlatuvchi pistonlar; zapallar; elektrodetonatorlar‎ 360300900‎

11.‎

Boshqa signal rakatelari, yomgʻir yogʻdiriladigan raketalar, tumanga qarshi signallar va mushakbozlikning boshqa bumlari‎ 360490000‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:‎ Roʻyxatda tovarlar faqat Oʻzbekiston Respublikasining TIF TN boʻyicha tovar kodi bilan belgilanadi. ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining TIF TN boʻyicha tovar kodiga “dan” qoʻshimchasi qoʻshilsa, bu portlovchi materiallarga tegishli deb topish faqat ikkinchi ustunda nomma-nom qayd etilgan tovarlarga nisbatan qoʻllanilishini koʻrsatadi. ‎‎‎‎‎
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 809-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 219-modda; 2008-y., 19-son, 161-modda; 2010-y., 51-son, 486-modda; 2012-y., 38-son, 436-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2016-y., 25-son, 308-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2022-y., 09/22/630/0980-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)