Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
1993-YIL 24-SENTABRDA IMZOLANGAN DAVLATLARARO YEVROOSIYO KOʻMIR VA METALL BIRLASHMASINI TUZISH TOʻGʻRISIDAGI BITIMNING AMAL QILISHINI TUGATISH HAQIDAGI BAYONNOMANI RATIFIKATSIYA QILISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1993-yil 24-sentabrda imzolangan Davlatlararo Yevroosiyo koʻmir va metall birlashmasini tuzish toʻgʻrisidagi bitimning amal qilishini tugatish haqidagi bayonnoma ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2004-yil 30-aprel,
622-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 213-modda)