Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi oʻrtasida 2007-yil 23-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Neft va Gaz kondensatini qazib olish boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 14-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2277-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 27-sentabrdagi 24, 2010-47-son qarori (roʻyxat raqami 2277, 2011-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 41-son, 451-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi oʻrtasida 2007-yil 23-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Neft va Gaz kondensatini qazib olish boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobi, Investor yoki Operator soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa — yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining (roʻyxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) 5-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etiladi.”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 6-iyun,
42-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 6-iyun,
2016-23-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 24-son, 300-modda)