Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.11.2021 09.06.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2798
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.11.2021
Hujjat 13.06.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 9-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2798]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2021-yil 20-oktabrdagi 24-mh-sonli ““Pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2798-2, 02.11.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-apreldagi 107-son “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor J. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 23-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-157-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 23-maydagi 01-157-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-apreldagi 107-son “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari (bundan buyon matnda taʼlim muassasalari deb yuritiladi) pedagog kadrlarining attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarni (bundan buyon matnda sertifikat deb yuritiladi) hisobga olish, saqlash va topshirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (bundan buyon matnda DTM deb yuritiladi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda xalq taʼlimi boshqarmalari deb yuritiladi), oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari, xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi hamda attestatsiya komissiyalari tuzilgan taʼlim muassasalarida ushbu tashkilotlar rahbarlarining buyrugʻi bilan sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish boʻyicha moddiy javobgar shaxslar (bundan buyon matnda masʼul shaxs deb yuritiladi) belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish masʼul shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sertifikatlar hisobi masʼul shaxs tomonidan doimiy ravishda olib borilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qabul qilingan (kirim qilingan) sertifikatlar shu kunning oʻzida mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladigan Sertifikatlarning hisobini yuritish jurnalida (bundan buyon matnda jurnal deb yuritiladi) hisobga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jurnal ip oʻtkazib tikilgan, uning varaqlariga tartib raqamlari qoʻyilgan boʻlishi kerak. Jurnalning oxirgi betida jami varaqlar soni koʻrsatilib, masʼul shaxs tomonidan imzolanadi va tashkilot muhri qoʻyiladi. Jurnalga maʼlumotlar masʼul shaxs tomonidan qayd etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jurnalni toʻldirishda yoʻl qoʻyilgan xato bir chiziq bilan oʻchiriladi va keyingi qatorga toʻgʻri yozuv kiritiladi. Kiritilgan har bir tuzatish shu varaqning pastki qismida izohlanib, tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi zarur. Jurnaldagi yozuvlarni oʻchirish, boʻyash, ustidan qogʻoz yopishtirish, shuningdek jurnalda ochiq qatorlar qoldirib ketish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sertifikatlar masʼul shaxs tomonidan poʻlat seyfda (yonmaydigan shkafda) saqlanishi zarur. Agar masʼul shaxsning xonasida poʻlat seyf (yonmaydigan shkaf) boʻlmasa, sertifikatlar tashkilot rahbarining poʻlat seyfida (yonmaydigan shkafida) saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishdan tashqari vaqtlarda sertifikatlar saqlanayotgan poʻlat seyf (yonmaydigan shkaf) joylashgan xona muhrlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sertifikatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq taʼlimi boshqarmalari va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalariga — DTM tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlariga — tegishli xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalariga — xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan buyurtmanomalarga muvofiq belgilangan tartibda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sertifikatlar ishonchnomaga asosan dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda beriladi. Dalolatnoma sertifikatlarni topshirgan va qabul qilib olgan shaxslar tomonidan imzolanadi hamda sertifikatlarni topshirayotgan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu dalolatnomada topshirilgan sertifikatlar haqida maʼlumot (seriyasi, tartib raqami), miqdori va topshirilgan tashkilot hamda boshqa zarur maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Attestatsiya komissiyalari pedagog kadrlarga tarqatish uchun sertifikatlarni masʼul shaxsdan oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Attestatsiya komissiyalari Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq sertifikatlarning pedagog kadrlarga tarqatilishini roʻyxatga olish uchun maxsus daftar (sahifalangan, tikilgan va muhrlangan) yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sertifikatlarning xatosiz toʻldirilishi uchun attestatsiya komissiyasi raislari masʼul hisoblanadi. Sertifikatlarni toʻldirish vaqtida yoki toʻldirilgandan keyin undagi yozuvlarni boʻyash, oʻchirish, tuzatish kiritish hamda ushbu holatlarga izoh berib muhr bilan tasdiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi. Toʻldirish vaqtida buzilgan sertifikatlar boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma tuzilib, har chorakda mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan tartibda tegishli tashkilotga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Buzilgan va yaroqsiz holga kelgan sertifikatlar dalolatnoma asosida hisobdan chiqariladi. Mazkur dalolatnoma ikki nusxada tuzilib, masʼul xodim va tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi. Ushbu dalolatnomada buzilgan va yaroqsiz holga kelgan sertifikatlar haqidagi maʼlumotlar (sertifikatlarning buzilishi, yaroqsiz holga kelishi sabablari, seriyasi, tartib raqami, miqdori) koʻrsatilishi lozim. Dalolatnoma asosida buzilgan va yaroqsiz holga kelgan sertifikatlar haqida jurnalga tegishli yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Buzilgan va yaroqsiz holga kelgan sertifikatlar boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnomaning bir nusxasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasi tomonidan — tegishli xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi tomonidan — tegishli xalq taʼlimi boshqarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq taʼlimi boshqarmasi yoki hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi tomonidan — DTMga sertifikatlar ilova qilingan holda yuborilishi lozim. Bunda xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan taʼlim muassasasi hamda xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi yuborgan yaroqsiz holga kelgan sertifikatlar va dalolatnoma nusxalarini ham DTMga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. DTMga yuborilgan buzilgan va yaroqsiz holga kelgan sertifikatlarni yoʻq qilish boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi hamda masʼul shaxs va DTM direktori tomonidan imzolanadi. Sertifikatlarning seriyalari, tartib raqamlari qirqib olinib, dalolatnomaning bir nusxasiga ilova qilingandan soʻng, sertifikatlarning oʻzi yoqib yuborish yoʻli bilan yoʻq qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Maʼlum sabablarga koʻra tarqatilmay qolgan sertifikatlar boʻyicha har yarim yilda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi hamda masʼul shaxs va attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi, tarqatilmay qolgan sertifikatlar unga ilova qilingan holda, sertifikatlarni bergan masʼul shaxsga qaytariladi. Masʼul shaxs tarqatilmay qolgan barcha sertifikatlarni umumlashtirib, ularni dalolatnoma asosida mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan tartibda DTMga yuborilishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. DTMga yuborilgan va maʼlum sabablarga koʻra tarqatilmay qolgan foydalanish uchun yaroqli boʻlgan sertifikatlar masʼul shaxs tomonidan qayta hisobga olinadi va kelgusida mazkur Nizomda belgilangan tartibda foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 23-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori U. SALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 23-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

____________________________________________________________
‎‎‎(tashkilotning nomi)

Sertifikatlarning hisobini yuritish
‎JURNALI
‎

‎‏T/r ‎‏Sertifikatlar hisobga olingan sana Sertifikatlar qaysi tashkilotdan qabul qilinganligi (tashkilot nomi) ‎‏Qabul qilingan sertifikatning kirim hujjati (schyot-faktura, yuk xati, dalolatnoma) sanasi va raqami Qabul qilingan sertifikatlarning umumiy soni ‎‎shu jumladan: Sertifikatlar topshirilgan tashkilot nomi Topshirilgan sertifikatlar Sertifikatlarni topshirgan / qabul qilib olgan masʼul shaxslarning imzosi va sana Tarqatilgan sertifikatlar Sertifikatlar tarqatilgan sana‎‏ Hisobdan chiqarilgan sertifikatlar soni (bunda hisobdan chiqarish uchun asos boʻlgan dalolatnomaning sanasi va soni ham koʻrsatiladi)‎‎
oliy malaka toifasi / bosh oʻqituvchi lavozimiga oid‎ birinchi malaka toifasi / yetakchi oʻqituvchi lavozimiga oid ikkinchi malaka toifasi / yetakchi oʻqituvchi �avozimiga oid oliy malaka toifasi / bosh oʻqituvchi lavozimiga oid‎ birinchi malaka toifasi / yetakchi oʻqituvchi lavozimiga oid‎ ikkinchi malaka toifasi / katta oʻqituvchi lavozimiga oid‎ topshirdim‎ qabul qilib oldim‎ oliy malaka toifasi / bosh oʻqituvchi lavozimiga oid‎ birinchi malaka toifasi / yetakchi oʻqituvchi lavozimiga oid‎ ikkinchi malaka toifasi / katta oʻqituvchi lavozimiga oid‎ topshirilgan (tarqatilgan)‎ yaroqsiz holga kelgan ‎ ishlatilmay qolgan ‎
‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

15‎

16‎

17‎

18‎

19‎

20‎

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: mazkur jurnalni yuritishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DTM tomonidan — 14 — 20-ustunlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan — 9, 15 va 16-ustunlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari tomonidan — 8 — 13-ustunlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan — 9, 10, 14 va 16-ustunlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalari tomonidan — 8 — 13, 14 va 15-ustunlar toʻldirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 23-son, 279-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2018-y., 10/18/2798-1/1485-son)