Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 6-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2556-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2013-yil 16-dekabrdagi 423-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2556, 2014-yil 15-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 3-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 1-iyun,
54-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2016-yil 1-iyundagi 54-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 43-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“43. Yaxlit qon donatsiyasining hajmi donorni tibbiy koʻrikdan oʻtkazgan shifokor-terapevt tomonidan aniqlanadi. Yaxlit qon donatsiyasi hajmi, antikoagulyantni hisobga olmaganda, 500 ml dan, shuningdek laboratoriya tekshiruvlari uchun 40 ml dan oshmasligi kerak.”.
2. 45-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45. Yaxlit qon donatsiyasining davriyligi bir yilda 5 marotabadan oshmagan holda — erkaklar uchun 5-martani, ayollar uchun 4-martani tashkil qiladi. Organizmda zardobdagi temir zaxirasini toʻldirish uchun donatsiyalar oʻrtasidagi vaqt oraligʻi erkaklar uchun — 2 oydan, ayollar uchun — 3 oydan kam boʻlmasligi kerak.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 23-son, 272-modda)