29.04.2004 yildagi 203-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.04.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 29-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 29-apreldagi 203-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-martdagi 132-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 3-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish qoidalarining 1-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarini roʻyxatdan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi konsullik yigʻimlari tarifiga izohlarning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning vakolatxonalari hamda xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xodimlaridan (ularning oila aʼzolaridan), Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillaridan (ularning oila aʼzolaridan), muruvvat yordamini kuzatib boruvchi xorijiy fuqarolardan, shuningdek 16 yoshgacha boʻlgan bolalardan konsullik yigʻimlari undirilmaydi. Koʻrsatib oʻtilgan shaxslar vizalarni rasmiylashtirish va berish boʻyicha konsullik ishlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa yigʻimlarni toʻlashdan ham ozod qilinadilar”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet eldagi hamda xorijiy fuqarolarning respublikadagi kasb faoliyati toʻgʻrisida” 1995-yil 19-oktabrdagi 408-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 10-son, 41-modda) 2-ilovaning 17-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning xalqaro hukumatlararo tashkilotlari va hukumat tashkilotlari vakolatxonalari xodimlariga”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida akkreditatsiya qilingan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xodimlariga”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi”da (1-ilova):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xodimlariga (va ularning qaramogʻida boʻlgan ularning oila aʼzolariga), shuningdek Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillariga va ularning qaramogʻida boʻlgan ularning oila aʼzolariga”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bandning “a” kichik bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Yuridik shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xorijiy fuqarolarning, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari taklifi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga kelmoqchi boʻlgan xorijiy fuqarolar vizalar olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalariga, bunday muassasalar boʻlmagan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyalarini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlar konsullik muassasalariga ikki nusxada toʻldirilgan belgilangan shakldagi viza anketasiga taklifnoma va milliy pasportni yoki uning oʻrnini bosadigan hujjatni (keyingi oʻrinlarda matnda “milliy pasport” deb yuritiladi) ilova qilgan holda murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xorijiy fuqarolar — xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xodimlari hamda ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining akkreditatsiya kartochkasi asosida viza olish va uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xorijiy fuqarolarga taklifnomalarni faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga viza berilishida yordam koʻrsatish toʻgʻrisida iltimosnoma berganlaridan keyingina yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xorijiy fuqarolarning, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarining yozma murojaatlarini koʻrib chiqadi va chet eldagi konsullik muassasalariga tegishli koʻrsatmalar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning taklifnomalariga binoan Oʻzbekiston Respublikasiga kontrakt va shartnomalar boʻyicha uch oydan ortiq muddatga ishga kelayotgan xorijiy fuqarolarga vizalar berish belgilangan tartibga muvofiq Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan xorijiy fuqaroga berilgan mehnat faoliyatiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy fuqarolar — xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari xodimlari va ularning oila aʼzolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillari va ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining akkreditatsiya kartochkasi asosida vizalarning amal qilish muddatini uzaytirish uchun murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viza berish hujjatlarini koʻrib chiqish va xorijiy fuqaroga kelish vizasini rasmiylashtirish muddati 10 sutkadan oshmasligi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlari qoidalarida (2-ilova):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-banddagi “diplomatik korpus hamda doimiy xorijiy vakolatxonalar” soʻzlari “xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-bandning “v” kichik bandidagi “xalqaro tashkilotlar” soʻzlari “xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-bandning birinchi xatboshidagi “Davlat avtomobil nazorati” soʻzlari “Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati” soʻzlari bilan almashtirilsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish ishlarini tartibga solish haqida” 1997-yil 26-maydagi 256-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-bandning beshinchi xatboshidagi “xalqaro tashkilotlar, xorijiy firmalar” soʻzlari “xalqaro va xorijiy tashkilotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilova nomidagi “xalqaro tashkilotlar, xorijiy firmalar” soʻzlari “xalqaro va xorijiy tashkilotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandning ikkinchi xatboshidagi va 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “diplomatik, konsullik kartochkasi” va “diplomatik kartochkalar” soʻzlari tegishli ravishda “akkreditatsiya kartochkasi” va “akkreditatsiya kartochkalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Chet el diplomatik va konsullik vakolatxonalari, xalqaro banklar, xalqaro va xorijiy notijorat tashkilotlarning maʼmuriy-texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga tegishli transport vositalariga beriladigan davlat raqami belgilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“T” seriyali maxsus raqam belgilari elchixona, konsullik vakolatxonasi yoki xalqaro banklar, xalqaro va xorijiy notijorat tashkilotlarning soʻrov xati hamda tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida beriladi. Shaxsiy avtomobillarga “T” seriyali raqam belgilarini olish uchun tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan berilgan akkreditatsiya kartochkasi taqdim etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bandning uchinchi xatboshidagi “ichki ishlar organlarida qayd etilgan milliy pasport” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan akkreditatsiya kartochkasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Muruvvat yordamidan va begʻaraz texnik koʻmakdan maqsadli foydalanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-iyuldagi 268-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 44-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Oʻzbekistonda muruvvat yordami koʻrsatuvchi xalqaro va hukumatga qarashli boʻlmagan xorijiy tashkilotlar vakolatxonalari va filiallari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtadilar. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy kompleksining xulosasi xalqaro va hukumatga qarashli boʻlmagan xorijiy tashkilot vakolatxonasi yoki filialini davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 30-bandining ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy tashkilotlar xodimlari — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan akkreditatsiya kartochkalari va milliy pasportlari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida yoki Adliya vazirligida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan xalqaro va xorijiy tashkilotlar xodimlari — tegishli ravishda Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan akkreditatsiya kartochkalari va milliy pasportlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 27-avgustdagi 370-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 79-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bandning ikkinchi xatboshidagi “197” va “146” raqamlari tegishli ravishda “202” va “151” raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-band 8-kichik bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“nodavlat notijorat tashkilotlarini, shu jumladan jamoat birlashmalari (diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar)ni, xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi, koʻrsatib oʻtilgan vakolatxonalar va filiallarning xorijiy davlatlar fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻida boʻlgan oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bandga quyidagi mazmundagi 28-1-kichik band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“28-1. Xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlar vakolatxonalari va filiallarining xodimlarini, ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari buzilgan hollarda akkreditatsiyadan mahrum qilish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ilovada “Jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar boshqarmasi” ustunidagi “8” raqami “13” raqami bilan, “197” va “146” raqamlari esa tegishli ravishda “202” va “151” raqamlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 17-son, 199-modda; 2012-y., 37-son, 429-modda; 2014-y., 11-son, 126-modda; 2017-y., 36-son, 951-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/244/2819-son; 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son)