Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KIMYO SANOATINI BOSHQARISH TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Kimyo sanoati korxonalari va tashkilotlarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda ular faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish, tarmoq korxonalarini aksiyalashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, kimyo ishlab chiqarishini rivojlantirish, texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi rahbariyatining, shuningdek tarmoq korxonalari rahbarlarining, mamlakatda isloh qilish va xususiylashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan umumiy strategiyaga qaramay, kimyo sanoatining yetakchi korxonalarini aksiyalashtirish, xususiylashtirishdan oldin reklama qilish hamda chet el va mamlakatimiz investorlarini jalb etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida hanuzgacha amaliy qadam qoʻyishmaganligi mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan hol hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 27-dekabrdagi F-1313-son farmoyishi bilan tuzilgan kimyo tarmogʻini boshqarish tizimini va qishloq xoʻjaligini kimyoviy preparatlar bilan taʼminlashni takomillashtirish boʻyicha maxsus komissiyaning ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzkimyosanoat” DAKni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oʻzbekiston kimyo sanoati korxonalari uyushmasi “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi qatnashchilari tomonidan uyushmani tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi 33-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 33-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi 33-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 33-modda)
5. Kimyo tarmogʻini boshqarish tizimini va qishloq xoʻjaligini kimyoviy preparatlar bilan taʼminlashni takomillashtirish boʻyicha maxsus komissiya, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda belgilangan tartibda:
2001-yil 1-maygacha asosiy fondlarni 2001-yil 1-yanvargacha boʻlgan holati boʻyicha qayta baholashni hisobga olgan holda “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondini shakllantirsinlar, davlat mulki boʻlgan aksiyalar paketini shakllangan ustav fondining 51 foizi miqdorida saqlab qolgan holda emissiya prospekti roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasinlar;
3-ilovaga* muvofiq kompaniya korxonalarini xorijiy investorlarni jalb qilgan holda bosqichma-bosqich ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
2001-yilda birja va birjadan tashqari bozorlarda “Sharq taronasi” aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining davlat ulushlari sotilishini taʼminlasinlar;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)
2001-2002-yillarda “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining 4-ilovaga* muvofiq ijtimoiy infratuzilma obyektlarini sotsinlar, shu jumladan xususiy mulk sifatida sotsinlar.
* 2—4-ilovalar berilmaydi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga kimyo sanoati korxonalarini xususiylashtirish uchun xorijiy konsalting va baholash kompaniyalarini, moliyaviy agentliklarni jalb etishga ruxsat berilsin, buning uchun zarur mablagʻlar ajratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-apreldagi 185-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)
8. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga maqsadli Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda “Jamgʻarma” deb ataladi) tashkil etish huquqi berilsin, Jamgʻarma mablagʻlari:
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining soliqlar va majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin qolgan sof foydasining bir qismi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-sonli qarori bilan chiqarib tashlangan— OʻR QHT, 2004-y., 43-son, 456-modda)
davlat mulkini xususiylashtirishdan va “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvida boʻlgan tashkilotlar aksiyalarini sotishdan, shuningdek kompaniyaning oʻz aksiyalarini sotishdan tushgan mablagʻlar, budjetga yoʻnaltiriladigan operatsiya xarajatlari va ulushlar bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlaridan faqat:
investitsiya loyihalarini, kimyo sanoati korxonalarini zamonaviylashtirish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlashni;
Keyingi tahrirga qarang.
eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishlarni tashkil etish va rivojlantirishni;
mahsulotlarning yangi turlarini oʻzlashtirishni, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini mablagʻ bilan taʼminlashda maqsadli foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Moliya vazirligi “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan maqsadli foydalanish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, istisno tariqasida, 4-ilovaga muvofiq obyektlarni xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni (qonun hujjatlariga muvofiq korxonalar va Davlat mulki qoʻmitasi ixtiyorida qoldiriladigan mablagʻlardan tashqari), shuningdek “Sharq taronasi”, “Laktam” aksiyadorlik jamiyatlari va “Kimyosavdotaʼminot” yopiq aksiyadorlik jamiyatidagi davlatga tegishli aksiyalarni sotishdan tushgan mablagʻlarni “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ixtiyoriga yoʻnaltirsin, koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlardan Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi orqali maqsadli foydalanilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Belgilansinki:
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi bilan tuzilgan shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi;
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi daromadlari (foydasi) kompaniya aksiyalarini sotish, xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar, mol-mulki kompaniyaning ustav fondiga toʻliq kirgan tashkilotlarning ajratmalari (ular sof foydasining 50 foizigacha miqdorda), kompaniya ustav fondiga berilgan aksiyalarning davlat paketlari boʻyicha dividendlardan, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlardan shakllantiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi ijro etuvchi apparatining xarajatlari 2002-yil 1-yanvargacha kompaniya tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning ajratmalari hisobiga, keyinchalik — qonun hujjatlariga muvofiq kompaniya daromadlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi 33-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 33-modda)
14. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2002-yil 1-yanvargacha qabul qilish-topshirish dalolatnomalari asosida uy-joy fondi, poliklinikalar va kommunal sohaning muhandislik kommunikatsiyalari mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlariga belgilangan tartibda berilishini taʼminlasin.
15. Toshkent shahridagi “OʻzKimyoloyihaITI” institutini va “OʻzKimyoloyihaITI” institutining Chirchiqdagi filialini birlashtirish va ularning negizida Chirchiq shahar, Toshkent koʻchasi, 4-uyda joylashgan “OʻzKimyoloyihaITI” yagona loyiha-texnologiya institutini tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi 33-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 33-modda)
17. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hukumat qarorlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida ikki oy muddatda takliflar kiritsin.
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 13-mart,
124-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi 33-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 33-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi 33-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 33-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston kimyo sanoati korxonalari (“Oʻzkimyosanoat”) uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 19-martdagi 149-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “1998—2002-yillarda Oʻzbekiston kimyo sanoati korxonalarini kompleks rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida” 1998-yil 25-martdagi 129-son qarorining 3-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 5-son, 28-modda; 2002-y., 19-son, 148-modda; 2003-y., 7-8-son, 61-modda; 2004-y., 3-son, 33-modda; 43-son, 456-modda; 2017-y., 16-son, 269-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)