29.08.2003 yildagi 517-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2003-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2003-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2003-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼkidlab oʻtilsinki, 2003-yilning birinchi yarim yilligida Davlat budjetining daromadlari uning xarajatlaridan 17,7 milliard soʻm miqdorida ortiq boʻlishiga erishildi yoki Davlat budjeti yalpi-ichki mahsulotga nisbatan 0,5 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (Oʻ. Sultonov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetning birinchi navbatdagi xarajatlarini, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini muhofaza qilish tadbirlarini, investitsiyalash dasturini va boshqa tadbirlarni ana shu maqsadlar uchun Markaziy bank kreditlarini jalb etmasdan, Davlat budjeti taqchilligi tasdiqlangan miqdorining qatʼiy doirasida toʻliq va oʻz vaqtida moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik va oʻrta biznesni, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning qoʻshimcha omillarini yaratish va ishga solish, kichik va oʻrta biznes hamda xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarishdagi ulushini oshirish, valyuta bozorini yanada erkinlashtirish, qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish, ishlab chiqarishlarni toʻgʻridan toʻgʻri tashqi va ichki investitsiyalarni jalb etish hisobiga yanada, zamonaviylashtirish va yangilash, ichki bozorni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan raqobatbardosh mahsulot bilan toʻldirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining eʼtibori tegishli mintaqalar boʻyicha budjet daromadlari koʻrsatkichlarining soʻzsiz bajarilishini, mintaqalarning soliq bazasi va moliyaviy salohiyatini kengaytirish yuzasidan amaliy choralar koʻrish va shu asosda mahalliy budjetlarning xarajatlari toʻliq moliyalashtirilishini taʼminlash zarurligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 29-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
517-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 131-modda)