Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini loyihalashtirish ishlarini va ekspertizadan oʻtkazishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini loyihalashtirish ishlarini va ekspertizadan oʻtkazishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 23-may,
166-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-maydagi 166-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 781-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
5. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 5-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Obyektlarni murakkablik toifalariga koʻra klassifikatsiyalash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari boʻyicha obyektlarning murakkabligi toifalari klassifikatoriga muvofiq amalga oshiriladi”;
b) 9-bandda:
“a)” kichik bandning ikkinchi xatboshidagi “V” raqami “III” raqami bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “IV” raqami “II” raqami bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “V” raqami “III” raqami bilan almashtirilsin;
v) 14-bandning “b” kichik bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“0,02% — murakkablikning II toifasidagi obyektlar boʻyicha;
0,03% — murakkablikning III toifasidagi obyektlar boʻyicha”;
g) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
d) 6-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan, shuningdek qurilishi markazlashtirilgan va moliyalashtirishning boshqa manbalari hisobiga amalga oshiriladigan Investitsiya dasturiga kiritilmagan obyektlarning loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish
QIYMATI
QIYMATI
|
Reperlarning t/r |
LQIni ishlab chiqish qiymati, mln soʻm |
Ekspert ishlari qiymatini aniqlash uchun koeffitsiyentlar, LQI qiymatiga nisbatan foizlarda (%) | ||
|
Murakkablik toifasi | ||||
|
I |
II |
III | ||
|
0 |
0,7 gacha |
27,00 |
- |
- |
|
1 |
1,4 |
21,60 |
- |
- |
|
2 |
4,2 |
12,15 |
13,48 |
- |
|
3 |
7,0 |
10,13 |
11,24 |
- |
|
4 |
12,6 |
7,57 |
8,40 |
9,32 |
|
5 |
18,2 |
6,22 |
6,90 |
7,65 |
|
6 |
23,8 |
5,41 |
6,00 |
6,66 |
|
7 |
29,4 |
4,47 |
4,96 |
5,50 |
|
8 |
35,0 |
4,34 |
4,81 |
5,33 |
|
9 |
40,6 |
3,94 |
4,37 |
4,85 |
|
10 |
57,4 |
3,26 |
3,61 |
4,00 |
|
11 |
70,0 |
2,99 |
3,28 |
3,64 |
|
12 |
105,0 |
2,31 |
2,56 |
2,94 |
|
13 |
140,0 |
1,96 |
2,17 |
2,40 |
|
14 |
210,0 |
1,58 |
1,75 |
1,94 |
|
15 |
280,0 |
1,38 |
1,53 |
1,69 |
|
16 |
420,0 |
1,10 |
1,22 |
1,35 |
|
17 |
630,0 |
0,94 |
1,04 |
1,15 |
|
18 |
840,0 |
0,82 |
0,91 |
1,01 |
|
19 |
1064,0 |
0,71 |
0,78 |
0,86 |
|
20 |
1260,0 |
0,62 |
0,68 |
0,75 |
|
21 |
1540,0 |
0,57 |
0,63 |
0,69 |
|
22 |
1820,0 |
0,53 |
0,58 |
0,64 |
|
23 |
2100,0 |
0,49 |
0,54 |
0,59 |
|
24 |
2380,0 |
0,47 |
0,52 |
0,57 |
|
25 |
2700,0 va undan yuqori |
0,46 |
0,51 |
0,56 |
Izohlar:
1) loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazishning oraliq koʻrsatkichlarga ega boʻlgan qiymati interpolyatsiya yoʻli bilan aniqlanadi;
2) yangidan ishlab chiqilayotgan namunaviy (bazaviy) loyihalarni ekspertizadan oʻtkazganlik uchun toʻlov miqdori 1,2 koeffitsiyentini qoʻllagan holda aniqlanadi;
3) alohida masalalar (ishlarning alohida turlari kalkulyatsiyasi, mashina va mexanizmlarga xarajatlar, pudrat tashkilotining boshqa xarajatlari va shu kabilar boʻyicha ekspertiza qiymatining hisob-kitobi (ekspertizaning haqiqiy mehnat talab qiluvchanligini va ekspert tashkilotning amaldagi xarajatlarini hisobga olgan holda) bevosita mehnat sarflarini hisoblab chiqish usuli bilan amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/493/1426-son)
8. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyati va qishloq xoʻjaligidan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berishning, bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadini taʼmirlashni) kelishishning, shuningdek obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnomalar berishning umumiy belgilangan tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 9-martdagi 70-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 10-son, 98-modda) 4-ilovaning 2-bandi “a” kichik bandining ikkinchi — oltinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 21-son, 233-modda; 2017-y., 31-son, 781-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/493/1426-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/579/0886-son)