Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin:
2008-yil 3-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida”gi Qarori;
2008-yil 3-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Isroil Davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida”gi Qarori;
2008-yil 3-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida”gi Qarori;
2008-yil 3-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Podshohligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida”gi Qarori.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 5-dekabr,
588-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 12-son, 678-modda)