25.10.2007 yildagi 400-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining 2005 — 2007-yillardagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining 2005 — 2007-yillardagi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2005-yil 28-yanvardagi qoʻshma majlisidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisida 2006-yil 24-fevraldagi “Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash faoliyatimiz mezoni boʻlishi darkor” nomli, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining Oʻzbekiston mustaqilligining 16 yilligiga bagʻishlangan qoʻshma majlisidagi maʼruzalarida belgilab berilgan vazifalarni bajarishga qaratilgan faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini tinglab, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi Qoʻmita tomonidan hisobot davrida fan, taʼlim, madaniyat, sport va ijtimoiy siyosat sohasidagi qonunchilik bazasini takomillashtirish hamda mamlakatimizning ana shu sohadagi amaldagi qonunlari ijro etilishini nazorat qilib borish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davr mobaynida Qoʻmita tomonidan toʻqqizta qonun boʻyicha xulosalar tayyorlandi. Bu qonunlarning hammasi Senatning yalpi majlislari muhokamasidan oʻtib maʼqullangan. Nazorat-tahlil faoliyatini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining sakkizta qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ijrosi tahlil etilgan. Toʻrtta sayyor majlis oʻtkazilgan. “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda Maktab taʼlimini rivojlantirishning 2004 — 2009-yillarga moʻljallangan davlat umummilliy dasturi ijrosini oʻrganish natijalari Qoʻmitaning tegishincha xalq deputatlari Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyat Kengashlari bilan birgalikda oʻtkazilgan sayyor majlislarida koʻrib chiqilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Maktab taʼlimini rivojlantirishning 2004 — 2009-yillarga moʻljallangan davlat umummilliy dasturini amalga oshirish sohasidagi ishi toʻgʻrisidagi masalaning Qoʻmita tomonidan oʻrganilishi natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisida, manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar ishtirokida koʻrib chiqildi. Oʻrganilayotgan masalalarning malakali tarzda tayyorlanishini taʼminlash maqsadida Qoʻmita tomonidan ekspert guruhi tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakat ilmiy salohiyatidan foydalanish, yuridik ilm-fanning amaliyot bilan aloqasi, taʼlimning barcha sohalarini va kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, yoshlarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash va milliy madaniy merosni asrash, sportni, ayniqsa bolalar sportini rivojlantirish, shuningdek axborot erkinligini hamda ommaviy axborot vositalari yanada erkinlashtirilishini taʼminlash masalalari yuzasidan Qoʻmita tomonidan turkum konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari oʻtkazildi. Ijtimoiy siyosat, aholining farovonligini oshirish, ijtimoiy muhofaza qilish tizimini takomillashtirish muammolariga, aholini, ayniqsa yoshlarni ish bilan taʼminlash, sogʻliqni saqlash sohasini isloh etish masalalariga alohida eʼtibor berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning ijtimoiy sohadagi konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish muammolari borasidagi fuqarolar murojaatlari bilan bogʻliq masalalarni hal etish ham Qoʻmita faoliyatida muhim oʻrin egalladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga hisobot davrida Qoʻmita faoliyatida kamchiliklar va foydalanilmagan imkoniyatlar ham boʻldi. Qoʻmita qabul qilgan qarorlarning ijrosi ustidan nazorat yetarlicha samarali boʻlmadi. Qoʻmita aʼzolari nazorat faoliyatining parlament soʻrovi singari shaklidan toʻliq hajmda foydalanyaptilar deb boʻlmaydi. Qoʻmita qonunlarni amaliyotda qoʻllanish, shuningdek ularni ommaviy axborot vositalari orqali targʻib etish bilan bogʻliq masalalarni yanada chuqurroq oʻrganmogʻi lozim. Qoʻmita aʼzolarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamda ularning doimiy komissiyalari bilan hamkorlik mexanizmi yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining 2005 — 2007-yillardagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini tinglab va muhokama qilib qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining 2005 — 2007-yillardagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan, taʼlim, madaniyat va sport sohasidagi huquqiy bazani kengaytirishga qaratilgan qonunlarni koʻrib chiqish, tahliliy tarzda oʻrganish hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlash tartib-taomillari takomillashtirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-tahlil faoliyati samaradorligini va parlament nazorati taʼsirchanligini oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan, taʼlim, madaniyat va sport sohasidagi qonunlar hamda qonun hujjatlari ijro etilishi muntazam ravishda monitoring qilinishini xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlarning joylarda ijro etilishini Qoʻmita tomonidan oʻrganish natijalari asosida tayyorlanuvchi tavsiyalarni ishlab chiqishga doir ishlarning samaradorligini oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalarning ilm-fan, taʼlim va ijtimoiy sohadagi eng dolzarb muammolarini hal etish yuzasidan Qoʻmita aʼzolarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari bilan hamkorlik mexanizmi taʼsirchanligini oshirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilinayotgan qonunlarni targʻib qilish va ularning mazmun-mohiyatini aholi oʻrtasida tushuntirish, bunday qonunlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish masalalarida Qoʻmitaning joylarda ishlovchi aʼzolari faolligini oshirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturini amalga oshirish masalalarida Qoʻmita aʼzolarining ishi samaradorligini oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parlament quyi palatasining tegishli qoʻmitalari bilan oʻzaro hamkorlikni takomillashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitaning 2008-yilga moʻljallangan ish rejasini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasida fan, taʼlim, madaniyat va sportni rivojlantirish uchun ustuvor ahamiyatga molik masalalarni oʻrganishga alohida eʼtibor bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining raisi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 25-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
400-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 10-son, 506-modda)