22.06.2007 yildagi 344-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining chet ellik investorlar huquqlarini himoya qilish hamda tashqi iqtisodiy aloqalarni takomillashtirish borasidagi ishi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Vazirlar Mahkamasining 2006-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzasida taʼkidlanganidek, iqtisodiyotimizga investitsiyalar jalb etish Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy siyosatining asosiy ustuvor vazifalaridan biridir. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirishga va mulk huquqini himoya qilish tizimini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mustaqillik yillarida yurgizib kelingan strategiya yurtimizda qulay investitsiya muhitini shakllantirish hamda hajmi tobora ortib borayotgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda belgilovchi omil boʻlib qoldi. Iqtisodiy islohotlar izchillik bilan amalga oshirilayotganligi hamda imtiyoz va preferensiyalar tizimi yaratilganligi tufayli hozirgi vaqtda mamlakatimizga 21 milliard AQSh dollaridan ziyod miqdorda xorijiy investitsiyalar jalb etilgan boʻlib, 3500 dan ortiq qoʻshma korxona ishlab turibdi. 2000 — 2006-yillarning oʻzidagina toʻgʻridan toʻgʻri jalb etilgan xorijiy investitsiyalar 9,3 baravar koʻpaygan va endilikda 2,5 milliard AQSh dollarini tashkil etmoqda. Xorijiy investitsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga, tayyor mahsulot ishlab chiqarish koʻlamini kengaytirishga, eksport hajmini koʻpaytirishga yordam berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar kirib kelishining koʻpayishi Oʻzbekistonda keng koʻlamda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va bozor islohotlari toʻgʻriligi hamda samaradorligining chet ellik sheriklar tomonidan yana bir bor eʼtirof etilishidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Oʻzbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasidagi ishlarda foydalanilmagan rezervlar ham bor. Toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish tarmoq tuzilmasi mamlakatning mavjud investitsiya salohiyatini aks ettirmaydi. Toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mintaqaviy tuzilmasini oʻrganish bunday investitsiyalar taqsimotida tenglik taʼmin etilmayotganligini koʻrsatmoqda. Chet ellik investorlar huquqlarini himoya qilish hamda tashqi iqtisodiy aloqalarni takomillashtirish sohasidagi normativ-huquqiy baza yanada takomil toptirishni taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining chet ellik investorlar huquqlarini himoya qilish hamda tashqi iqtisodiy aloqalarni takomillashtirish sohasidagi ishi toʻgʻrisidagi axborotni tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish, mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasida anchagina ishlar olib borilayotganligi qayd etib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar tavsiya etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el investitsiyalari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini tizimlashtirish, kodifikatsiyalash va birxillashtirish maqsadida inventarizatsiyadan oʻtkazish. Ana shu asosda chet el investitsiyalari sohasidagi amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan tegishli takliflarni belgilangan tartibda kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim mintaqalarni rivojlantirish uchun investitsiya muhitini yaxshilash sohasidagi chet el tajribasini hisobga olgan holda “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini belgilangan tartibda ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Bojxona va Soliq kodekslarining, “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi, “Chet el fuqarolarining huquqiy maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va boshqa qonunlarning loyihalarini koʻrib chiqishni tezlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlarida mijozlarga xizmat koʻrsatish, shu jumladan “yashil yoʻlak” tashkil etish yuzasidan xalqaro standartlarga javob beruvchi xizmatlar infratuzilmasi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi tomonidan ishlab chiqilishi masalasini koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya muhitini yanada yaxshilash, iqtisodiyotga xorijdan kapital mablagʻlar kirib kelishini ragʻbatlantirish choralarini belgilaydigan investitsiya strategiyasini, shuningdek tarmoqlar hamda mintaqalarni rivojlantirishning ustuvor investitsiya yoʻnalishlarini ishlab chiqish va qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat mintaqalarida ishlab chiqarishni rivojlantirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda qoʻshimcha ish joylarini yaratish dasturlarini ishlab chiqish amaliyotini davom ettirish. Oʻzbekistonning barcha viloyatlari boʻyicha tashqi iqtisodiy salohiyatni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishni 2007-2008-yillarda tugallash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning xizmat koʻrsatish sohasi, agrosanoat kompleksi, turizm kabi sektorlariga hamda katta investitsiya salohiyatiga asoslanuvchi boshqa tarmoqlariga investitsiyalar jalb qilishga alohida eʼtibor berish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga chet ellik investorlarga mamlakatimiz kredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy xizmatlar koʻrsatish samaradorligini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining investitsiya infratuzilmasini rivojlantirish, moliya muassasalari, investitsiya kompaniyalari va jamgʻarmalarining faoliyatini takomillashtirish, konsalting, marketing va yuridik xizmatlar sifatini yaxshilash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining investitsiya loyihalarini tayyorlash sohasidagi faoliyati muvofiqlashtirilishini takomillashtirsin, bunday loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qilib borsin, shuningdek investitsiyalarni jalb etishga monelik qilayotgan muammoli masalalarni oʻrganish va hal etish yuzasidan izchil asosdagi ishlarni yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalarga investitsiyalar kirib kelishini axborot bilan taʼminlashga alohida eʼtibor bersin, mintaqalar toʻgʻrisidagi, ularning investitsiyalarni joylashtirishdagi afzalliklari, shart-sharoitlari haqidagi tayanch axborotni boʻlajak investorlar eʼtiboriga yetkazish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin, taqdimot tadbirlarini oʻtkazish uchun mintaqalarning ustuvor investitsiya loyihalari hamda ulardagi korxonalar chiqarayotgan mahsulotlarning doimiy ishlaydigan koʻrgazmalarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga, tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi raisi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishi jarayoni haqidagi axborot Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga 2007-yil 1-noyabrga taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 22-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
344-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 320-modda)