30.06.2007 yildagi 358-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2006-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2006-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati shuni qayd etadiki, 2006-yilda yuritilgan qatʼiy pul-kredit siyosati, shuningdek bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuqori surʼatlardagi iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirishga va inflatsiyani jilovlab turishga qaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni yanada mustahkamlash, inflatsiyaning past darajada boʻlishini taʼminlash, pul va moliya bozorini jadal rivojlantirish hamda erkinlashtirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23, 28-moddalariga muvofiq pul-kredit siyosatining bozor vositalaridan keng foydalanishga alohida eʼtibor berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qatʼiy pul-kredit siyosati olib borilganligi va monetar koʻrsatkichlarning barqaror darajasini taʼminlash hamda inflatsiya jarayonlarini jilovlash chora-tadbirlari amalga oshirilganligi inflatsiya darajasini pasaytirib 6,8 foizga keltirish imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida aytilgan Qonunning 40-moddasiga muvofiq mamlakatda eksportni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishga qaratilgan valyuta siyosati yuritilganligi tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 2 milliard AQSh dollari miqdorida oʻsishiga hamda oltin-valyuta zaxiralari 61 foiz koʻpayishiga yordam berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi va monetar omillarning inflatsiya darajasiga hamda pul massasi koʻpayishiga boʻlgan taʼsirini kamaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasida 500 million AQSh dollaridan koʻproq mablagʻ jam boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120 dan ortiq maqbul omonat turlarining joriy etilganligi aholining banklardagi pul jamgʻarmalari 51 foiz koʻpayishiga yordam berdi va bunday jamgʻarmalar summasi 678,3 milliard soʻmga yetdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning zamonaviy shakllaridan biri boʻlgan plastik kartochkalardan foydalanish sohasi, ularga xizmat koʻrsatuvchi terminallar tarmogʻi ancha kengayishi taʼmin etildi. Chunonchi, 2006-yilda tijorat banklari tomonidan chiqarilgan plastik kartochkalarning umumiy miqdori 1,5 baravar koʻpaydi, terminallar soni esa 14,3 ming donaga yetdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Makroiqtisodiy barqarorlik bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ragʻbatlantirdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 50, 52-moddalariga muvofiq bank tizimining barqarorligini taʼminlash uchun amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2006-yilda banklarning jami kapitali 15 foiz, aktivlari 28 foiz, iqtisodiyotning real sektoriga milliy valyutada berilgan kreditlar hajmi esa 35 foiz koʻpaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalariga egalik qilishning belgilangan normativi ustav kapitalining 50 foiziga qadar koʻpaytirilganligi xoʻjalik yurituvchi subyektlar aksiyalarini sotib olish uchun banklar tomonidan qilingan investitsiyalar 1,6 baravar oʻsishiga imkon berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2006-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2007-yilga moʻljallangan aniq maqsadli makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini bajarishga qaratilgan pul-kredit siyosati oʻtkazishni davom ettirish, bunda pul agregatlarini tartibga solishning bozor vositalaridan keng foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyuta hamda kurs siyosatini iqtisodiyotning moliyaviy barqarorligini kuchaytirishga, eksportni yanada ragʻbatlantirishga va oltin-valyuta zaxiralarini hamda inflatsiya darajasini samarali boshqarishga qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank tizimida islohotlarni yanada chuqurlashtirish va ularning koʻlamini kengaytirishga doir kompleks tadbirlar bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro standartlarga muvofiq tijorat banklarining faoliyatini nazorat qilish va tartibga solishni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro hisob-kitoblarning ilgʻor shakllarini, shu jumladan plastik kartochkalardan foydalangan holda yanada rivojlantirish yuzasidan nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalarda nobank kredit tashkilotlari, xususan kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarning belgilangan maqsadlarini amalga oshirish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmunidan kelib chiqqan holda bank tizimiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav kapitalini koʻpaytirish, aholining, tadbirkorlik subyektlari va boʻlajak investorlarning, shu jumladan chet ellik investorlarning boʻsh turgan pul mablagʻlarini jalb etish uchun qoʻshimcha aksiyalar chiqarish hamda ularni fond bozorlarida faol joylashtirish yoʻli bilan kapitallashuv darajasini oshirishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yilda oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bank tizimi oldiga qoʻyilgan vazifalarni “Mijoz bank uchun emas, balki bank mijoz uchun” degan prinsip asosida bajarishga, shuningdek aholining va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank tizimiga boʻlgan ishonchini banklararo raqobatni kuchaytirish yoʻli bilan yanada mustahkamlashga qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya jarayonlaridagi ishtirokni kengaytirish, korxonalarni modernizatsiyalash, texnika va texnologiya bilan qayta jihozlash loyihalarini kreditlashni koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarga koʻrsatilayotgan bank xizmatlarining sifatini yaxshilash va yangi turlarini joriy etish, bank muassasalari tarmogʻini kengaytirish yuzasidan belgilangan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik biznes subyektlari va xususiy tadbirkorlarga, shu jumladan dehqon-fermer xoʻjaliklariga moliya-vositachilik xizmatlari koʻrsatish sohasini kengaytirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 30-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
358-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 292-modda)