Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2006-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2006-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2006-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2006-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻninchi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilsin.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-may,
339-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 5-son, 246-modda)