28.02.2007 yildagi 296-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasining 2005-2006-yillardagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasining 2005-2006-yillardagi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2005-yil 28-yanvardagi qoʻshma majlisidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevralda boʻlib oʻtgan, 2005-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan yigʻilishidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2006-yil 24-fevralda oʻtkazilgan beshinchi yalpi majlisidagi “Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash — faoliyatimiz mezoni boʻlishi darkor” nomli maʼruzalaridan kelib chiqadigan vazifalarni bajarishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2006-yil 25-fevraldagi 149-I-sonli Qarorining 3-bandi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2006-yil 4-apreldagi 164-I-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Harakat dasturining 8.5-bandini ijro etishga qaratilgan faoliyat toʻgʻrisidagi hisobotini tinglab, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi hisobot davrida Qoʻmita tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik faoliyati doirasida Qoʻmita tomonidan Qonunchilik palatasidan kelib tushgan 31 ta qonun yuzasidan xulosalar tayyorlanishini taʼminlagan. Qoʻmitaning 30 ta qonun boʻyicha ularni maʼqullash toʻgʻrisidagi xulosalari, “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijro etish mexanizmi huquqiy asoslanmaganligi sababli uni rad etish haqidagi xulosasi asosida mazkur qonunlar Senatning yalpi majlislari muhokamasiga kiritilgan va ayni shu mazmunda tegishli qarorlar qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat faoliyatini amalga oshira borib, Qoʻmita tomonidan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi hamda “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining Sirdaryo viloyatida, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining esa Buxoro viloyatida ijro etilishi masalalari koʻrib chiqilgan, Qoʻmitaning xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi bilan birgalikdagi sayyor majlisida “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning Navoiy viloyatida ijro etilishi, shuningdek viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Davlat mulki qoʻmitasi hamda uning Toshkent va Jizzax viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan ijro etilishi masalasi ham oʻrganilgan. Muhokama yakunlari asosida qabul qilingan qarorlar mutasaddi idoralarga yuborilgan va ijrosi nazoratga olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2004 va 2005-yillardagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2005-yil yuzasidan hisoboti Qoʻmita xulosalari asosida Senatning yalpi majlislarida koʻrib chiqilgan va maʼqullangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2006 va 2007-yillarga moʻljallangan Davlat budjetlari yuzasidan Qoʻmita oʻz xulosa va takliflarini tayyorlagan. Qoʻmita ushbu masalalarni oʻrganish jarayonida kichik biznes, fermer xoʻjaliklari va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, iqtisodiyotning yuqori oʻsish surʼatlari va barqaror makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini taʼminlash, budjet va soliq islohotlarini chuqurlashtirish orqali soliq tizimini soddalashtirish va unifikatsiya qilish hamda soliq yukini yanada kamaytirish, tarkibiy islohotlar va iqtisodiyotni modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish hamda koʻlamini kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, xususiy mulkchilik tarmogʻini kengaytirish, biznes uchun qulay muhit yaratish va uning kafolatlarini mustahkamlashni huquqiy taʼminlash borasida muayyan ishlarni amalga oshirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita oʻz faoliyatida parlament quyi palatasining tegishli qoʻmitasi, budjet va iqtisodiy islohotlar masalalariga daxldor vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikda ish olib borgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida nazorat-tahlil faoliyati masalalari boʻyicha yuqorida zikr etib oʻtilgan 12 ta majlisdan tashqari Qoʻmita tomonidan 17 ta seminar, konferensiya va davra suhbatlari oʻtkazilgan. Qoʻmita ularga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq ishlarga muhokama qilinadigan masalalar boʻyicha amaliy takliflar kirita oladigan olim va mutaxassislarni jalb etgan, iqtisodiy islohotlarga doir dolzarb muammolar tahlil etilishini, ularda jamoatchilik vakillarining ishtirokini taʼminlagan, shuningdek koʻrilgan masalalar yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarni tegishli idoralarga yuborgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Qoʻmitaning hisobot davridagi ishida ayrim kamchiliklar ham boʻldi. Xususan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning tegishli doimiy komissiyalari bilan hamkorlik talab darajasida boʻlishiga erishilmagan, Qoʻmitaning ayrim aʼzolari senatorlik faoliyatida zarur faollik koʻrinmayotir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasining 2005-2006-yillardagi faoliyat toʻgʻrisidagi hisobotini tinglab va muhokama etib qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasining 2005-2006-yillardagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevralda boʻlib oʻtgan, 2005-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan yigʻilishidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2006-yil 24-fevralda oʻtkazilgan beshinchi yalpi majlisidagi “Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash — faoliyatimiz mezoni boʻlishi darkor” nomli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-fevralda boʻlib oʻtgan, 2006-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2007-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan yigʻilishidagi maʼruzalaridan kelib chiqadigan vazifalarni bajarish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari deb belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida Qoʻmita:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtgan davrdagi faoliyatiga tanqidiy yondashgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining tegishli qoʻmitasi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining doimiy komissiyalari, mutasaddi vazirlik va idoralar bilan iqtisodiyotni isloh etish va uni yanada liberallashtirish jarayonlarini kengaytirishga hamda chuqurlashtirishga qaratilgan choralarni ishlab chiqishda hamkorlik ishlarini kuchaytirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-tahlil faoliyati masalalarini davra suhbatlari, seminar va konferensiyalar yoʻsinida dastlabki tarzda muhokama qilishni Qoʻmitaning ish amaliyotiga joriy etishi, Qoʻmita qabul qilgan qarorlar ijrosi ustidan monitoringni kuchaytirish choralarini koʻrishi, bunda qarorlar ijrosi yuzasidan tegishli boshqaruv organlari rahbarlari va mutasaddilarining masʼuliyatini oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-tahlil faoliyatini yanada takomillashtirishi, uning taʼsirchanligi va samaradorligini oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkaziladigan tadbirlarga puxta tayyorgarlik koʻrishi, amaliy takliflar ishlab chiqishga olim va mutaxassislarni, jamoatchilik vakillarini kengroq jalb etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati hamda ahamiyatini keng jamoatchilikning ongi va shuuriga yetkazishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻmitada budjet va iqtisodiy islohotlar masalalariga oid qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirlik va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlaridan iborat maʼlumotlar bazasi tashkil etilsin. Maʼqullangan va belgilangan tartibda eʼlon qilingan qonunlarni aholi va ijrochilar eʼtiboriga yetkazish amaliyoti hamda ularning ijrosini nazorat qilish ishlari takomillashtirib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 28-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
296-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 2-son, 91-modda)