11.05.2016 yildagi PQ-2527-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.05.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim rivojining jahon tajribasini hisobga olgan holda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash darajasi va sifatini tubdan oshirish, Milliy universitetning ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlash, oʻquv jarayonining ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan uzviy aloqasini kuchaytirish, professor-oʻqituvchilar va talabalarni fundamental va amaliy tadqiqotlar oʻtkazishga keng jalb etish, shuningdek buning uchun zarur zamonaviy infratuzilma va moddiy-texnika bazasini yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Fanlar akademiyasining Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti (keyingi oʻrinlarda — Milliy universitet)ni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy universiteti va Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti negizida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Milliy universitet faoliyatining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fundamental va gumanitar fanlar sohasida yuqori malakali oʻqituvchi va ilmiy kadrlarni zamonaviy talablar darajasida tayyorlash, respublikaning bazaviy universiteti sifatida oliy taʼlimning oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fundamental ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, ilm-fanning istiqbolli, yuqori texnologiyali yoʻnalishlari boʻyicha mamlakatimiz ilmiy maktablarini rivojlantirish, ilm-fan va oliy taʼlim sohalarida yetakchi xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat oliy taʼlim muassasalarining taʼlim-tarbiya, ilmiy-uslubiy va madaniy-maʼrifiy faoliyatini muvofiqlashtirish, uzluksiz taʼlim tizimi bosqichlarining uzluksizligi va davomiyligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilari hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimini eʼtirof etilgan xalqaro talablar va standartlar darajasida takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Milliy universitet respublikaning matematika, tabiiy-ilmiy va gumanitar yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash sohasidagi tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Milliy universitetning yangilangan tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriga, zarur hollarda, Milliy universitetning tashkiliy tuzilmasiga tasdiqlangan xodimlar soni doirasida oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutini tugatish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan Yadro fizikasi institutining Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Ulugʻbek shaharchasi, Xuroson koʻchasi, 1-uy manzilidagi binolariga Milliy universitet Fizika fakultetining mutaxassislik kafedralari, laboratoriyalari, magistratura va doktorantura boʻlimlarini joylashtirish haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yadro fizikasi institutining boʻshayotgan binolari, laboratoriyalari va boshqa mol-mulkini oʻquv jarayoni talablaridan kelib chiqib, zarur rekonstruksiya ishlarini amalga oshirgan holda ilmiy-taʼlim jarayonini tashkil etish uchun Milliy universitetga topshirish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yadro fizikasi institutining ilmiy-texnikaviy loyihalari, konstruktorlik-texnologiya ishlanmalari, ilmiy uskunalarining zarurligi va saqlab qolishning maqsadga muvofiqligini aniqlash uchun ularni toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazish, zamonaviy uskunalarni Milliy universitet Fizika fakultetining yangi tashkil etilayotgan laboratoriyalariga topshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Milliy universitet huzuridagi Amaliy fizika ilmiy-tadqiqot instituti 2016-yilning 1-iyulidan tugatilsin va barcha ilmiy loyihalar, uskunalar va boshqa mol-mulkning maqsadga muvofiqligini tanqidiy tahlil qilish yakunlari boʻyicha ular Milliy universitetning Fizika fakultetiga topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzurida Radiatsion xavfsizlik markazi (RXM) tashkil qilinsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAGATE hamda vakolatli organlar bilan hamkorlikda xavfsizlikni taʼminlash va yadro texnologiyalarini tarqatmaslikka oid xalqaro standartlarga qatʼiy muvofiq ravishda Yadro fizikasi institutining yadro reaktorini ekspluatatsiyadan chiqarish borasidagi ishlarni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududidagi radioaktiv materiallar omborxonalarining lozim darajada saqlanishi, utilizatsiya qilinishi va tugatilishini taʼminlash, shuningdek tegishli tozalash xizmatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning yadroviy va radiatsion xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻlik amaliy ishlarni bajarish, shuningdek bojxona postlarida va respublika hududida oʻrnatilgan dozimetriya nazorati tizimlari hamda boshqa nazorat asboblarini ekspertizadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida foydalanilayotgan ion nurlanish manbalarini ilmiy ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek ion nurlanish texnikasi manbalariga professional xizmat koʻrsatish va utilizatsiya qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Radiatsion xavfsizlik markazining tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatilayotgan Yadro fizikasi institutining yadro reaktori hamda yadroviy va radiatsion xavfsizlikni taʼminlash masalalari bilan bogʻliq boshqa obyektlari Radiatsion xavfsizlik markaziga topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsion xavfsizlik markazi Yadro fizikasi institutining yadroviy va radiatsion xavfsizlik masalalari bilan bogʻliq shartnomalari va kontraktlari boʻyicha huquqiy vorisi etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tugatish komissiyasining tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin, uning zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutini tugatish, unga tegishli boʻlgan mol-mulk, uskuna va binolarni ularning funksiyalaridan kelib chiqqan holda Milliy universitet hamda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Radiatsion xavfsizlik markazi balanslariga topshirish bilan bogʻliq tashkiliy tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirish vazifalari yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Yadro fizikasi institutining 1956 — 1972-yillarda qurilgan obyektlarini xalqaro ilmiy konferensiyalar va seminarlar oʻtkazishga moʻljallangan zamonaviy infratuzilmani shakllantirgan holda ularni zarur multimedia uskunalari va kommunikatsiyalar bilan jihozlash, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200 oʻrinli majlislar zali va 4 ta seksiya auditoriyalari bor maʼmuriy binoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
600 oʻrinli zali boʻlgan binoni (sobiq madaniyat uyi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif qilinadigan ilmiy xodimlar uchun 30 oʻrinli mehmonxona tipidagi yotoqxonani kapital rekonstruksiya qilish uchun 2016-2017-yillarda budjet mablagʻlari ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tugatilayotgan Yadro fizikasi instituti va Amaliy fizika ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy va muhandis xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun 4-ilovaga muvofiq tarkibda attestatsiya komissiyasi tuzilsin, malakali mutaxassislar Milliy universitet Fizika fakultetining yoʻnalishlar boʻyicha kafedralari va laboratoriyalariga ishga qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Milliy universitet bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn kun muddatda Milliy universitetning yangilangan nizomini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Milliy universitetning maʼmuriy-boshqaruv hamda oʻquv-yordamchi xodimlari soni va tarkibini tasdiqlangan yangi tashkiliy tuzilmaga muvofiq holga keltirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarordan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi respublika budjeti xarajatlari parametrlariga zarur oʻzgartishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Fanlar akademiyasining tugatilayotgan Yadro fizikasi institutining boʻshayotgan xodimlarini belgilangan tartibda ish bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 11-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2527-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 11-maydagi PQ-2527-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining yadro fizikasi instituti va Oʻzbekiston milliy universiteti huzuridagi amaliy fizika ilmiy-tekshirish instituti xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

R.S. Azimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, moliya vaziri, komissiya raisi

A.V. Vaxabov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, komissiya raisining oʻrinbosari

Sh.I. Salixov

Fanlar Akademiyasi prezidenti

N. Tursunov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining oʻrinbosari

A.M. Sadikov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bosh konsultanti

D.R. Turdiyev

iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari

B. Nizamov

mehnat vaziri oʻrinbosari

O.R. Parpiyev

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi ijrochi direktori

F.X. Rizayev

Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, taʼlim, madaniyat va sport masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamenti mudiri

Sh.S Sirojiddinov.

Oʻzbekiston milliy universiteti rektori

A.X. Xaitbayev

Oʻzbekiston milliy universitetining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori

X.S. Daliyev

Oʻzbekiston milliy universiteti fizika fakulteti dekani

B.O. Onorboyev

Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, taʼlim, madaniyat va sport masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi, komissiya kotibi..

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 19-son, 210-modda; 2017-y., 23-son, 447-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 07/17/3390/0265-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)