29.06.2006 yildagi 198-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasining 2005-yil va 2006-yilning birinchi yarmidagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 2006-yil 25-fevralda qabul qilgan № 149-I-sonli Qarorning 3-bandini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2005-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevralda boʻlib oʻtgan yigʻilishidagi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2006-yil 24-fevralda oʻtkazilgan beshinchi yalpi majlisidagi “Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash – faoliyatimiz mezoni boʻlishi darkor” maʼruzalarining asosiy qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni bajarishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturi 8.5-bandini ijro etish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasining 2005-yil va 2006-yilning birinchi yarmidagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini tinglab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasining 2005-yil va 2006-yilning birinchi yarmidagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2005-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevralda boʻlib oʻtgan yigʻilishidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2006-yil 24-fevralda oʻtkazilgan beshinchi yalpi majlisidagi “Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash – faoliyatimiz mezoni boʻlishi darkor” maʼruzalaridan kelib chiqadigan vazifalarni bajarish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari qilib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitada mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda, ayniqsa mintaqalarda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlarning samarasini oshirish, shuningdek yurtimizdagi mavjud muammolar, jumladan, ishsizlik muammosini muhokama qilishda faolroq tashabbus koʻrsatilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrar siyosat, ekologiya va tabiatdan foydalanish sohasida qonunchilik bazasi takomillashtirilsin, bunda fermerlikni yanada rivojlantirishga, qishloq xoʻjaligini modernizatsiyalashni chuqurlashtirish va kengaytirishga, ushbu sohaga chet el investitsiyalarini bundan buyon ham jalb etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor berilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-tahlil faoliyatining samaradorligi va parlament nazoratining taʼsirchanligi oshirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlar, shuningdek Qoʻmita qabul qilgan qarorlarning ijrosini monitoring qilishni kuchaytirib, davlat organlari va boshqa idoralar rahbarlarining Qoʻmita qarorlari bajarilishi uchun javobgarligini oshirish masalalariga koʻproq eʼtibor berilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshiriladigan tadbirlarga puxta tayyorgarlik koʻrilsin, ularda ishtirok etish uchun muhokama qilinadigan masalalar yuzasidan amaliy takliflar berishga qodir boʻlgan olim va mutaxassislar, shuningdek keng jamoatchilik kengroq jalb etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim natijalarini keng jamoatchilik orasida yanada chuqurroq tushuntirish maqsadida Qoʻmita aʼzolarining, ayniqsa joylarda ishlayotgan senatorlarning faoliyati kuchaytirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parlament quyi palatasining tegishli qoʻmitasi bilan munosabatlari takomillashtirilsin, oʻzaro hamkorligi kuchaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi Gʻ.Q. Aliyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 29-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
198-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 364-modda)