Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.10.2006 30.08.2002 yildagi 309-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.10.2006
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MIKROKREDITLAShNI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-oktabrdagi 225-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 15-sentabrda qabul qilingan “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-50-sonli Qonuni)” qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikrokreditlashning yangi usullarini joriy etish yoʻli bilan aholining tadbirkorlik faoliyatida yanada faol qatnashishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, shuningdek aholining ijtimoiy nochor tabaqalarini qoʻllab-quvvatlash va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun donor tashkilotlarning mablagʻlarini keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi Kengashining ilovaga* muvofiq xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy hukumatga qarashli va hukumatga qarashli boʻlmagan notijorat tashkilotlar (donor tashkilotlar)ning begʻaraz mablagʻlarini (grantlarini) jalb etish yoʻli bilan mikrokreditlash tizimini rivojlantirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlash dasturlarini rivojlantirishning, shuningdek donor tashkilotlar ishtirokidagi loyihalarning muvofiqlashtiruvchisi etib belgilansin, unga mikrokreditlash loyihalari boʻyicha axborotlarni har chorakda umumlashtirish va tahlil etish funksiyalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrokreditlar har bir qarz oluvchiga ekvivalenti 3 ming AQSh dollaridan ortiq boʻlmagan naqd mablagʻ bilan milliy valyutada muddatlilik, haq toʻlash va qaytarish shartlarida beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari — yuridik va jismoniy shaxslar mikrokreditlash boʻyicha qarz oluvchilar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
donor tashkilotlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari boʻlgan notijorat tashkilotlar mablagʻ bilan taʼminlovchi tashkilotlar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notijorat tashkilotlarning oʻz mablagʻlari, donor tashkilotlar tomonidan notijorat tashkilotlarga mikrokreditlash uchun beriladigan grantlar, shuningdek notijorat tashkilotlarning mikrokreditlash bilan bogʻliq faoliyatdan olinadigan daromadlari mikrokreditlash mablagʻlari manbalari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchilarni tanlash, mikrokreditlash loyihalari doirasida ularga mablagʻlar berish va mablagʻlarni qaytarish tartibi mablagʻ bilan taʼminlovchi tashkilotlar tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
donor tashkilotlarning mikrokreditlash manbai sifatida foydalaniladigan erkin almashtiriladigan valyutadagi grant mablagʻlari tegishli vakolatli bankning korrespondentlik hisob raqamiga oʻtkaziladi va banklararo valyuta savdolarida belgilangan tartibda sotilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrokreditlash uchun milliy valyutadagi naqd mablagʻ banklar tomonidan notijorat tashkilotlarning hisob raqamlaridagi mavjud mablagʻlar doirasida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Notijorat tashkilotlarning mazkur qarorga muvofiq mikrokreditlashdan olingan daromadlari 2006-yil 1-yanvargacha daromad (foyda) soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin, boʻshayotgan mablagʻlardan operatsiya xarajatlarini qoplash, oʻz moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, shuningdek mikrokreditlashni kengaytirish uchun maqsadli foydalanilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 30-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
309-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 15-16-son, 126-modda)