15.12.2000 yildagi 167-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.09.2019 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TERRORIZMGA QARSHI KURASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari shaxs, jamiyat va davlatning terrorizmdan xavfsizligini taʼminlash, davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga ushlab turilgan shaxs — qoʻlga olingan yoki ushlab turilgan shaxsni ozod etish shartlari sifatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, xalqaro tashkilotlarni, shuningdek ayrim shaxslarni biron-bir harakat sodir etishga yoki bunday harakat sodir etishdan tiyilishga majbur qilish maqsadida terrorchilar tomonidan qoʻlga olingan yoki ushlab turilgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy obyektlarning yoʻq qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni koʻzlab igʻvogarliklar qilishga, aholini qoʻrqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zoʻrlik, zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorizmni moliyalashtirish — terrorchilik tashkilotining mavjud boʻlishini, faoliyat koʻrsatishini, moliyalashtirilishini, terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni taʼminlashga, terrorchilik harakatini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga koʻmaklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻ-vositalarni, resurslarni berishga yoki yigʻishga, boshqa xizmatlar koʻrsatishga qaratilgan faoliyat;
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchi — terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni amalga oshirgan shaxs;
(2-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik guruhi — oldindan til biriktirib terrorchilik harakatini sodir etgan, bunday harakatga tayyorgarlik koʻrgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilgan shaxslar guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik tashkiloti — ikki yoki undan ortiq shaxsning yoki terrorchilik guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilikka qarshi operatsiya — terrorchilik harakatiga chek qoʻyish va uning oqibatlarini minimallashtirish, shuningdek jismoniy shaxslarning xavfsizligini taʼminlash hamda terrorchilarni zararsizlantirishga qaratilgan, kelishilgan va oʻzaro bogʻliq maxsus tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkaziladigan zona — joyning yoki akvatoriyaning alohida uchastkalari, havo boʻshligʻi, transport vositalari, binolar, imoratlar, inshootlar, xonalar hamda terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkaziladigan doiradagi ularga tutash hududlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik faoliyati — terrorchilik harakatini uyushtirish, rejalashtirish, tayyorlash va amalga oshirishdan, terrorchilik harakatiga undashdan, terrorchilik tashkilotini tuzishdan, terrorchilarni yollash, tayyorlash va qurollantirishdan, ularni moliyalashtirish va moddiy-texnika jihatidan taʼminlashdan iborat boʻlgan faoliyat;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik harakati — garovda ushlab turish uchun shaxslarni qoʻlga olish yoki ushlab turish, davlat yoki jamoat arbobining, aholining milliy, etnik, diniy, boshqa guruhlari, chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlar vakillarining hayotiga tajovuz qilish, davlat yoki jamoat ahamiyatiga molik obyektlarni shu jumladan kontinental shelfda joylashgan statsionar platformalarni bosib olish, shikastlantirish, yoʻq qilish, portlatishlar, oʻt qoʻyishlar, portlatish qurilmalarini, radioaktiv, biologik, portlovchi, kimyoviy, boshqa zaharlovchi moddalarni ishlatish yoki ishlatish bilan qoʻrqitish, yer usti, suv va havo transporti vositalarini qoʻlga olish, olib qochish, shikastlantirish, yoʻq qilish, aholi gavjum joylarda va ommaviy tadbirlar oʻtkazilayotganda vahima koʻtarish va tartibsizliklar keltirib chiqarish, aholi hayotiga, sogʻligʻiga, jismoniy yoki yuridik shaxslar mol-mulkiga avariyalar, texnogen xususiyatli halokatlar sodir etish yoʻli bilan zarar yetkazish yoki xavf tugʻdirish, tahdidni har qanday vositalar va usullar bilan yoyish tarzida terrorchilik tusidagi jinoyatlarni, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan normalarida belgilangan terrorchilik tusidagi boshqa harakatlarni sodir etish;
(2-moddaning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro terrorizm — bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terrorizm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Terrorizmga qarshi kurashning asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorizmga qarshi kurashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorizmning oldini olish choralari ustuvorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoning muqarrarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorizmga qarshi kurash oshkora va nooshkora usullarining uygʻunligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb etiladigan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchilikka qarshi oʻtkaziladigan operatsiyaga rahbarlik qilishda yakkaboshchilik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Terrorchilik faoliyatining oldini olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorchilik faoliyatining oldini olish davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa profilaktik choralar majmuini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorizmni targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik guruhlari va tashkilotlarini tuzish hamda ularning faoliyat koʻrsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik faoliyatiga daxldor yuridik shaxslarni, ularning boʻlinmalari (filiallari) va vakolatxonalarini (shu jumladan chet el va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini) akkreditatsiya qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat koʻrsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik faoliyatiga daxldor chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlariga oid maʼlumotlar va faktlarni yashirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiruvchi davlat organlariga koʻmaklashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, shuningdek fuqarolar terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiruvchi davlat organlariga koʻmaklashadilar va zarur yordam beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorizmga qarshi kurash sohasida Oʻzbekiston Respublikasining chet el davlatlari bilan, ularning huquqni muhofaza qiluvchi organlari, maxsus xizmatlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. DAVLAT ORGANLARINING TERRORIZMGA QARSHI KURASH SOHASIDAGI VAKOLATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha davlat organlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
(8-modda birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi;
(8-modda birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati;
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-564-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(8-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
(8-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda terrorchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash, unga chek qoʻyish va uning oqibatlarini minimallashtirish borasida hamkorlikda harakat qilishlarini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
(9-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati:
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish yoʻli bilan terrorizmga, shu jumladan xalqaro terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilar, terrorchilik guruhlari va terrorchilik tashkilotlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplaydi hamda tahlil qiladi, ulardan kelib chiqayotgan tahdidning milliy xavfsizlikka qay darajada xavfli ekanligini baholaydi, tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga zarur axborotlar taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishidan Davlat chegarasining himoya qilinishi va qoʻriqlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali qurol, oʻq-dorilar, portlovchi, radioaktiv, biologik, shuningdek kimyoviy yoki boshqa zaharlovchi moddalarning, terrorchilik harakatini sodir etish maqsadida ishlatilishi mumkin boʻlgan predmet yoki materiallarning noqonuniy olib oʻtilishi oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegara oldi mintaqasida va chegara oldi zonasida terrorchilarni, terrorchilik guruhlarini aniqlaydi, zararsizlantiradi, qarshilik koʻrsatilgan taqdirda esa ularni yoʻq qilish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining alohida muhim va kategoriyalangan obyektlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan davlat muassasalarini, ushbu muassasalarning xodimlari hamda ularning oila aʼzolarini himoya qilishni taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-564-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida chet el davlatlarining tegishli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilikka qarshi kurashuvchi boʻlinmalarning terrorchilarni, terrorchilik guruhlarini aniqlash, zararsizlantirish va yoʻq qilish hamda terrorchilik tashkilotlarini tugatish ishlari tashkil etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorizmga qarshi kurashishda, huquq tartibotni, shuningdek jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik harakatlarining oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(91-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, uning oila aʼzolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan davrda qoʻriqlanishi lozim boʻlgan chet davlatlar va hukumatlar boshliqlarining, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining va boshqa shaxslarning xavfsizligini hamda shaxsiy daxlsizligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanuvchi shaxslarning doimiy va vaqtinchalik tashrif buyuradigan joylari, shuningdek harakatlanish yoʻnalishlari xavfsizligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(92-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-564-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash, unga chek qoʻyish hamda uning oqibatlarini minimallashtirish yoʻli bilan terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida muhim, kategoriyalangan va boshqa obyektlarning qoʻriqlanishini va xavfsizligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvning tegishli organlariga terrorchilik faoliyatiga aloqador shaxslar, guruhlar va tashkilotlar toʻgʻrisida axborot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida giyohvandlik vositalari, psixotrop va portlovchi moddalar, portlatish qurilmalari, qurol-yarogʻlar, qurollar va oʻq-dorilar, yadroviy, biologik, kimyoviy yoki boshqa turdagi yalpi qirgʻin qurollari, terrorchilik harakatlarida ishlatilishi mumkin boʻlgan materiallar va asbob-uskunalarni noqonuniy olib oʻtishga urinishlarning oldini olish, aniqlash va ularga chek qoʻyish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining havo boʻshligʻi xavfsizligini, mamlakat maʼmuriy, sanoat-iqtisodiy markazlari va hududlari, muhim harbiy va boshqa obyektlarning havodan beriladigan zarbadan himoya qilinishi va qoʻriqlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tasarrufidagi harbiy obyektlarning qoʻriqlanishi va mudofaa qilinishini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilikka qarshi operatsiyalarda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish, terrorchilar harakat qilayotgan zonada joylashgan alohida muhim, kategoriyalangan va boshqa obyektlar barqaror ishlashini, shuningdek terrorchilik harakatlari oqibatlarini tugatish yuzasidan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda tadbirlar oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
(141-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti:
(141-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorizmni moliyalashtirish holatlarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarning monitoringini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(141-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. TERRORCHILIKKA QARSHI OPERATSIYANING OʻTKAZILISHI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Terrorchilik harakatiga chek qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorchilik harakatiga chek qoʻyish uchun qonun hujjatlariga muvofiq zarur choralar qoʻllaniladi, shu jumladan terrorchilikka qarshi operatsiyalar oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiyaga rahbarlik qilish va uni boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorchilikka qarshi operatsiyaga rahbarlik qilish va uni boshqarish har bir muayyan holatda terrorchilik harakati tahdidi va xavfining koʻlamlarini inobatga olgan holda belgilanadi hamda mudofaa va xavfsizlikni taʼminlovchi tegishli tuzilmalar zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorizm tahdidini zararsizlantirish va tugatish uchun jalb etiladigan tuzilmalar va boʻlinmalarning saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirish boʻyicha zaruratga qarab shtablar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Terrorchilar bilan muzokaralar olib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorchilik harakatining xususiyatiga qarab jismoniy shaxslar hayoti va sogʻligʻini, moddiy boyliklarni saqlash, garovda ushlab turilgan shaxslarni ozod etish, shuningdek kuch ishlatmasdan terrorchilik harakatiga chek qoʻyish imkoniyatini oʻrganish maqsadida terrorchilar bilan muzokaralar oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish rahbari tomonidan maxsus vakolat berilgan shaxslar terrorchilar bilan muzokaralar olib borishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorchilar bilan muzokaralar olib borilishi ularni sodir etgan jinoiy qilmishlari uchun javobgarlikdan ozod etishning asosi yoki sharti boʻlib xizmat qilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar terrorchilar bilan muzokaralar oʻtkazish natijasida ular terrorchilik harakatini toʻxtatishga rozi emasligi sababli muzokaralardan koʻzlangan maqsadga erishish mumkin boʻlmasa hamda jismoniy shaxslar hayoti va sogʻligʻiga aniq tahdid saqlanib turgan boʻlsa, terrorchilarni zararsizlantirish va yoʻq qilish yuzasidan zarur choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkaziladigan zonaning chegaralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkaziladigan zonaning chegaralari terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish rahbarlari tomonidan joyning xususiyati va sharoitlarini, shuningdek terrorchilik harakatining koʻlamlari hamda ijtimoiy xavflilik darajasini hisobga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazayotgan shaxslarning operatsiya oʻtkaziladigan zonadagi huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkaziladigan zonada mazkur operatsiyani oʻtkazayotgan shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda transport vositalari va yoʻlovchilarning koʻcha va yoʻllarda harakatlanishini vaqtinchalik cheklash yoki taqiqlash, transport vositalarini, shu jumladan diplomatiya vakolatxonalarining, konsullik muassasalarining va fuqarolarning transport vositalarini joyning ayrim uchastkalariga va obyektlarga kiritmaslik, fuqarolarni joyning ayrim uchastkalaridan va obyektlardan chiqarib yuborish, shuningdek maxsus ruxsatnomasi boʻlmagan transport vositalarini shatakka olib chiqarib tashlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish, bunday hujjatlar boʻlmagan taqdirda esa ularning shaxsini aniqlash uchun ushlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklar sodir etgan yoki terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazuvchi shaxslarning qonuniy talablariga toʻsqinlik qilishga qaratilgan, shuningdek terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkaziladigan zonaga ruxsatsiz kirish yoki kirishga urinish bilan bogʻliq harakatlar sodir etgan shaxslarni ushlash va tegishli organlarga olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar kechiktirish jismoniy shaxslar hayoti va sogʻligʻini, jamiyat va davlat xavfsizligini tahdid ostiga qoʻyishi mumkin boʻlsa, terrorchilik harakatiga chek qoʻyish, uni sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni taʼqib etish uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hududiga hamda xonalariga, turar joy va boshqa joylarga, yer uchastkalariga, transport vositalariga sutkaning istalgan vaqtida moneliksiz kirish (oshib tushish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazilayotgan zonaga kirayotgan (transport bilan kirishda) hamda mazkur zonadan chiqayotgan (transport bilan chiqishda) jismoniy shaxslarni shaxsan koʻrikdan oʻtkazish, ulardagi ashyolarni, transport vositalarini hamda bu vositalarda olib oʻtilayotgan yuklarni, shu jumladan nazorat qilishning texnik va boshqa vositalaridan foydalangan holda koʻrikdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy yoki yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan aloqa vositalaridan, shu jumladan maxsus aloqa vositalaridan, shuningdek transport vositalaridan (chet el davlatlari diplomatiya vakolatxonalari hamda boshqa muassasalarining, xalqaro tashkilotlarning aloqa va transport vositalaridan tashqari) terrorchilik harakatining oldini olish, terrorchilik harakatini sodir etgan yoki sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni taʼqib qilish va ushlash, hodisa roʻy bergan joyga yetib borish, tez tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan shaxslarni davolash muassasalariga olib borish uchun xizmat maqsadlarida foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilarga nisbatan qurol va jangovar texnikaning mavjud turlarini hamda maxsus vositalarini qoʻllash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazilayotgan zonada ommaviy axborot vositalari vakillarining faoliyati joylardagi terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish rahbarlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi axborotlar tarqatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazishning maxsus texnikaviy usullarini hamda taktikasini ochib beradigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazilishini qiyinlashtirib qoʻyadigan, jismoniy shaxslar hayoti va sogʻligʻiga xavfni keltirib chiqaradigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilikni targʻib qilishga yoki oqlashga koʻmaklashadigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazilayotganda boʻlinmalarning xodimlari toʻgʻrisidagi, shuningdek uni oʻtkazishga koʻmaklashayotgan shaxslar toʻgʻrisidagi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiyaning tugatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorchilik harakatiga chek qoʻyilgan (tugatilgan) hamda terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkaziladigan zonadagi jismoniy shaxslar hayoti va sogʻligʻiga boʻlgan xavf bartaraf etilgan taqdirda terrorchilikka qarshi operatsiya tugallangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. TERRORCHILIK HARAKATI OQIBATIDA YETKAZILGAN ZARARNI QOPLASH VA JABRLANGAN SHAXSLARNING IJTIMOIY REABILITATSIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish natijasida yetkazilgan zararni qoplash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish natijasida shaxsga yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat tomonidan qoplanadi.
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga uning terrorchilik harakatidagi ishtirokiga chek qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zarar qoplanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Terrorchilik harakati oqibatida jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorchilik harakati oqibatida jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi ularni normal hayotiy faoliyatga qaytarish maqsadida oʻtkaziladi hamda mazkur shaxslarga huquqiy yordam berishdan, ularning ruhiy, tibbiy, kasbiy reabilitatsiyasidan, ularni ishga joylashtirishdan, zarur hollarda ularga obod turar joy va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa yordam berishdan iborat boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorchilik harakati oqibatida jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. TERRORIZMGA QARSHI KURASHDA ISHTIROK ETAYOTGAN SHAXSLARNING HUQUQIY VA IJTIMOIY HIMOYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan, huquqiy va ijtimoiy himoyalanishi zarur boʻlgan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan shaxslar davlat himoyasidadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar huquqiy va ijtimoiy himoyalanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorizmga qarshi kurashda bevosita ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilar, davlat organlarining xodimlari va mutaxassislari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik faoliyatining oldini olishda, uni aniqlashda, unga chek qoʻyishda, uni tergov qilishda hamda uning oqibatlarini minimallashtirishda terrorizmga qarshi kurashni amalga oshirayotgan davlat organlariga doimiy yoki vaqtincha koʻmaklashayotgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qismning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning oila aʼzolari, agar ularning himoyalanishini taʼminlash zarurati mazkur shaxslarning terrorizmga qarshi kurashdagi ishtirokiga bogʻliq boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorizmga qarshi kurashda bevosita ishtirok etayotgan, terrorizmga qarshi kurashga koʻmaklashayotgan shaxslarga, shuningdek ularning oila aʼzolariga, basharti ularning hayoti va sogʻligʻiga tahdid yuzaga kelgan taqdirda, iltimoslariga koʻra ularning tashqi qiyofasi, familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek ish va yashash joylari terrorizmga qarshi kurash organlari taʼminotiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxslar hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxs terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazishda halok boʻlgan taqdirda halok boʻlgan shaxsning oila aʼzolariga hamda uning qaramogʻidagi shaxslarga qonun hujjatlariga muvofiq bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxs terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazishda mayib boʻlgan va bu uning mehnat layoqatini yoʻqotishiga hamda nogironlikka olib kelgan taqdirda unga bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi hamda qonun hujjatlariga muvofiq nogironlik pensiyasi tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxs terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazishda yarador boʻlgan taqdirda bu uning mehnat layoqatini yoʻqotishiga olib kelmasa, unga qonun hujjatlariga muvofiq bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Koʻp yil ishlaganlikni imtiyozli hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorizmga qarshi kurashni bevosita amalga oshirayotgan boʻlinmalarda xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga hamda davlat organlarining xodimlariga pensiya tayinlashda xizmatning bir kuni ikki kunga, terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazishda ishtirok etgan davrda xizmatning bir kuni uch kunga hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazishda ishtirok etishga jalb qilingan mutaxassislar va boshqa shaxslarga pensiya tayinlashda mazkur operatsiyada ishtirok etishning har bir kuni uch kunga hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp yil ishlaganlikni imtiyozli hisoblash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. TERRORCHILIK FAOLIYATIDA ISHTIROK ETGANLIK HAMDA TERRORIZMGA QARSHI KURASH TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Terrorchilik faoliyatida ishtirok etganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs terrorchilik faoliyatida ishtirok etishdan oʻz ixtiyori bilan qaytgan, bu haqda tegishli davlat organlariga xabar bergan hamda ogʻir oqibatlar yuzaga kelishining va terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol koʻmaklashgan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Terrorchilik faoliyati uchun tashkilotning javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot sudning qarori asosida terrorchilik tashkiloti deb topiladi va tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorchilik tashkiloti deb topilgan tashkilot tugatilganda unga tegishli mol-mulk musodara etiladi hamda davlat mulkiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida roʻyxatga olingan xalqaro tashkilot (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasi) Oʻzbekiston Respublikasining sudi tomonidan terrorchilik tashkiloti deb topilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi hududida mazkur tashkilot (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasi) faoliyati taqiqlanadi va bu tashkilot (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasi) tugatiladi, unga (uning boʻlinmasiga, filialiga, vakolatxonasiga) tegishli, Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan mol-mulk musodara etiladi va davlat mulkiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Yetkazilgan zarar uchun javobgarlikdan ozod etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorchilikka qarshi operatsiyada ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilar, mutaxassislar va boshqa shaxslar bunday operatsiya oʻtkazilayotganda majburan zarar yetkazganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 15-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 15-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda; 2015-y., 32-son, 425-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son, 2019-y., 2-son, 47-modda, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)