Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi Davlat budjeti loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi Davlat budjeti loyihasini shakllantirishning konseptual yondashuvlari va asosiy prinsiplari umuman maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi Davlat budjeti loyihasi bildirilgan tavsiyalarni hisobga olgan holda “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yil oktabr oyining birinchi yarmida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri E. XALILOV
Toshkent sh.,
2006-yil 30-sentabr,
368-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2006-y., 9-son, 517-modda)