10.06.2006 yildagi 195-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2005-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. Alixonovning Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2005-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati shuni qayd etadiki, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan oʻtgan davrda atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash borasida mamlakatda ekologik vaziyatni sogʻlomlashtirishga qaratilgan muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999 — 2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturiga kiritilgan 165 ta tadbirning 145 tasi bajarilgan va 20 tasining bajarilishi davom ettirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan rejalar va tadbirlarning bajarilishi natijasida 2004-yildagiga qaraganda atmosfera havosiga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori 19,8 ming tonnaga, tozalanmagan oqova suvlarni ochiq suv havzalariga oqizish 4 mln metr kubga kamaytirilgan, hosil boʻladigan chiqindilar hajmi 10 foizga kamaygan. Quvvati sutkasiga 225 metr kub boʻlgan aylanma suv taʼminoti tizimlari, yettita chang va gazdan tozalash uskunasi foydalanishga topshirilgan, 6,8 ming gektar erning meliorativ holati yaxshilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan atrof muhitni ifloslantirishning oldini olish va tahliliy ishlarga alohida eʼtibor qaratilgan. 2004-yildagiga nisbatan 2005-yilda ifloslantirish manbalarining oʻlchov asboblari yordamida tekshirilishi 22 foizga koʻpaygan. “Toza havo” operatsiyasini amalga oshirish vaqtida 225 ta avtotransport xoʻjaligi, 118 ta avtomobillarga yonilgʻi quyish shahobchasi va 18 ta texnik xizmat koʻrsatish stansiyasi, toʻrtta avtomobil taʼmirlash zavodi hamda 178 mingtadan ortiq avtotransport vositalari tekshirilgan. Atmosfera havosini belgilangan normativlardan ortiq darajada ifloslantirayotgan 21,3 mingdan ortiq avtotransport vositasi aniqlangan va 7,1 ming dona avtotransportni ishlatish vaqtincha toʻxtatib qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonunlarni qoʻpol ravishda buzganligi uchun 12,9 ming nafar mansabdor shaxs va fuqaro maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Bu esa 2004-yildagidan 9,2 foiz koʻp dyemakdir. 2005-yilda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun solingan jarimalar va zararning oʻrnini qoplash yuzasidan berilgan daʼvo arizalari oldingi yildagidan 31,7 foiz koʻp boʻlgan. Brakonyerlarning 41 dona miltigʻi va 475 dona baliq ovlash toʻrlari musodara qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2005-yil 23-avgustdagi 59–I-sonli Qarorini bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzurida Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha ilmiy markaz tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish, atrof tabiiy muhit davlat monitoringini yuritish va tashkil etish boʻyicha normativ hamda metodik hujjatlar, 2006 — 2010-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasida Atrof tabiiy muhitni monitoring qilish dasturi, 2006 — 2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturining loyihasi, shuningdek Atrof muhitning davlat monitoringi toʻgʻrisidagi Nizom ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim hamda Xalq taʼlimi vazirliklari bilan birgalikda ekologik taʼlimni rivojlantirish, ekologiya boʻyicha kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash Konsepsiyasi va Dasturi ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan foydalanish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish sohasidagi oʻz vakolatlaridan toʻliq foydalanmayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalardan atrof muhitni ifloslantirganlik uchun tovon toʻlovlari boʻyicha qarzlarni undirish ishlari yetarli darajada olib bormayapti. Chunonchi, 2006-yil 1-yanvar holatiga koʻra korxonalarning tabiatni muhofaza qilish mahalliy fondlariga qarzi 726 mln soʻmni, shu jumladan “Ammofos” Aksiyadorlik jamiyatining qarzi 236 mln soʻmni, “Oʻzbekkoʻmir” Aksiyadorlik jamiyatining qarzi 46 mln. soʻmni, “Navoiyazot” Ochiq aksiyadorlik jamiyatining qarzi 111 mln soʻmni tashkil qilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy, Angren, Chirchiq, Fargʻona, Andijon va Qoʻqon shaharlarida ifloslantiruvchi moddalarning ayrim ingrediyentlari boʻyicha ifloslanish darajasini sanitariya-gigiyena normalari darajasigacha pasaytirishga qaratilgan choralari yetarlicha samara bermayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy resurslardan foydalanish chogʻida qonun buzilish holatlarining (qonunsiz ravishda daraxt kesish, baliq ovlash, ov qilish va boshqalar) oldini olish sohasida oʻz imkoniyatlaridan toʻliq foydalanmayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orol boʻyi mintaqasida ekologik vaziyatni sogʻlomlashtirish borasida olib borayotgan ishlarning samaraci yetarli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2005-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2005-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevralda boʻlib oʻtgan yigʻilishidagi maʼruzasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2006-yil 24-fevralda oʻtkazilgan beshinchi yalpi majlisidagi “Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash faoliyatimiz mezoni boʻlishi darkor” nutqidan kelib chiqadigan vazifalarni bajarish Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari qilib belgilansin. Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish sohasiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun barcha sharoitlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddi vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda sanoat chiqindilarini qayta ishlash, ekoturizm tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish orqali aholining ish bilan bandligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya resurslari tejalishini taʼminlash, ekologik toza va qayta tiklanadigan elektr energiyasi manbalarini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish zarur deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitni muhofaza qilish dasturlarini ishlab chiqish va bajarilishi sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish borasidagi oʻz vakolatlaridan toʻliq foydalanmayotganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik xavfsizlikni hamda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi iqtisodiy mexanizmlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarni hayotga tatbiq etish va yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu yilning 15-iyuliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi yangi tahrirdagi Nizom loyihasini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati muhokamasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof tabiiy muhitning holatini monitoring qilishning yagona tizimini shakllantirish, ifloslantiruvchi manbalarni va atrof muhitning holatini monitoring qilish, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni axborot bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish va ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat axborot-tahlil markazini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, hayvonot va oʻsimlik dunyosi, ishlab chiqarish chiqindilarining davlat kadastrlarini tashkil etish va ularning yuritilishini taʼminlash, resurslarni tejaydigan ekologik toza texnologiyalar va ishlab chiqarishlarni yanada keng joriy etish, ekologik taʼlim va ekologik bilimlarni targʻib qilish tizimini rivojlantirish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baliq zaxiralari kamayishining oldini olish yuzasidan taʼsirchan choralar koʻrsin, bunda baliq ovlash bilan shugʻullanadigan hamda tabiiy koʻllarni ijaraga olgan, baliq oʻstirish va baliqchilik melioratsiyasi bilan shugʻullanmayotgan ijarachilarga alohida eʼtibor bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni toʻplash, saralash va qayta ishlash boʻyicha rejalashtirilgan punktlar va poligonlar qurilishini amalga oshirish hamda ishlab turgan punktlar va poligonlarni belgilangan talablarga javob beradigan holatga keltirish masalasini koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli obyektlarni qurish va joylashtirish uchun yer uchastkalari ajratib berish vaqtida “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi va “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining talablari bajarilishiga qatʼiy rioya qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda atmosfera havosining ifloslanish darajasini pasaytirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirsin va bunda koʻchma ifloslantiruvchi manbalarga alohida eʼtibor bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 10-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 327-modda)