06.03.2006 yildagi 237-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisidagi hamda Vazirlar Mahkamasining 2005-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzalaridan kelib chiqadigan vazifalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisidagi hamda Vazirlar Mahkamasining 2005-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzalaridan kelib chiqadigan vazifalari toʻgʻrisidagi masalani muhokama etib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisidagi va 2006-yil 10-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi maʼruzalarida bayon etilgan qoidalar va xulosalar qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Taʼkidlansinki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining faoliyati jamiyatni demokratik yangilashning, bozor islohotlarini chuqurlashtirish va mamlakat iqtisodiyotini erkinlashtirishning huquqiy asoslarini yaratish borasidagi vazifalarga hali yetarli darajada mos emas. Qoʻmitalar va siyosiy partiyalar fraksiyalari qonun loyihalarini tayyorlash, mamlakatning jamiyat va davlat hayotiga doir dolzarb masalalari Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqilishida yetarlicha tashabbus koʻrsatmayaptilar. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va saylovchilar bilan aloqalar lozim darajada yoʻlga qoʻyilmagan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati bilan qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyati borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish yanada takomillashtirishni talab etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2006-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilishning ustuvor yoʻnalishlari, maqsadli vazifalari hisobga olingan holda 2005-yilga va kelgusi yillarga moʻljallangan qonunchilik faoliyati dasturini qayta koʻrib chiqish maqsadga muvofiq deb hisoblansin. Mazkur masala boʻyicha takliflar tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalariga topshirilsin va siyosiy partiyalar fraksiyalariga tavsiya etilsin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi ushbu takliflarni umumlashtirsin va hujjatlarning maromiga yetkazilgan loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyati samaradorligini oshirsinlar, shuningdek fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qabul qilingan qonunlarni tushuntirish va ijro etish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Siyosiy partiyalar fraksiyalariga jamiyat va davlat hayotining dolzarb masalalarini tayyorlash hamda palata muhokamasiga kiritish borasida faollikni oshirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi rahbariyati Qonunchilik palatasining Senat bilan hamkorlikda samarali harakat qilish mexanizmini yaxshilash, tegishli qoʻmitalar va tuzilmalarning oʻzaro munosabatlarini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosi ustidan nazorat olib borish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari A.A. Karimov va M.B. Safayeva zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri E. XALILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 6-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
237-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 3-son, 121-modda)