Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING TAShQI IQTISODIY ALOQALAR VA XORIJIY INVESTITSIYaLAR DEPARTAMENTINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Eksport salohiyatini kengaytirish, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini va dasturlarini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish boʻyicha ishlarni tashkil etishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)
4. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari majburiy tartibda:
Oldingi tahrirga qarang.
tashqi iqtisodiy va investitsiya faoliyati masalalariga taalluqli normativ hujjatlar loyihalarini Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti bilan kelishib oladilar;
moliyaviy va texnikaviy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida xalqaro tashkilotlardan va ixtisoslashgan xorijiy agentliklardan soʻrovlarni faqat Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti orqali amalga oshiradilar.
(4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 192-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 248-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti:
(5-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 192-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 248-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Hukumatning boshqa qarorlari majburiy tartibda joʻnatiladigan tashkilotlar roʻyxatiga;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy banki va boshqa idoralarining statistik axborotnomalari majburiy tartibda joʻnatiladigan reyestrga kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 5-mart,
112-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-oktabrdagi 364-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 20-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-oktabrdagi 364-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 20-son, 158-modda)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN QARORLARI ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti toʻgʻrisida” 1995-yil 4-iyuldagi 254-son qarori;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiya dasturlari departamentini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 27-dekabrdagi 572-son qarori;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 8-fevraldagi 55-son qarori;
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1999-yil 17-iyundagi 304-son qaroriga ilovaning Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti hamda Investitsiya dasturlari departamentiga oid qismi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 5-son, 25-modda; 2002-y., 20-son, 158-modda; 2005-y., 8-9-son, 67-modda; 32-33-son, 248-modda; 2009-y., 52-son, 574-modda; 2012-y., 8-9-son, 82-modda)