Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 04.05.2016 yildagi 139-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjat 18.04.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq joylardagi aholiga servis xizmati koʻrsatishni yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2016-yil 9-fevraldagi PQ-2487-son qaroriga muvofiq, aholiga servis xizmati koʻrsatishni yaxshilashga, ayollarning uy mehnatini yengillashtirishga, qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etishga va aholi daromadlarini koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar samarali amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va loyihalarning tashabbuskorlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda respublikaning chekka qishloqlarida 194 ta namunaviy maishiy xizmatlar koʻrsatish majmualarini tashkil etishni, ushbu maqsadlar uchun banklarning kreditlari ajratilishini va yer uchastkalari berilishini nazarda tutuvchi takliflar tayyorlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan “goʻzallik salonlari”, sartaroshxonalar, hammomlar, modalar atelyesi, elektr-maishiy texnika va poyabzal taʼmirlash xizmatlari koʻrsatuvchi ustaxonalarni oʻz ichiga oluvchi maishiy xizmatlar koʻrsatish majmualarining namunaviy loyihalari ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2016-yilda respublikaning chekka qishloqlarida maishiy xizmatlar koʻrsatishning namunaviy majmualarini tashkil etishning manzilli dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Dastur doirasida maishiy xizmatlar koʻrsatish namunaviy majmualarini tashkil etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy loyihalar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar tashabbuskorlarining oʻz mablagʻlari, shuningdek Dasturda nazarda tutilgan parametrlarga muvofiq tijorat banklarining kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturga muvofiq yer uchastkalari ajratilishini va maishiy xizmatlar koʻrsatish namunaviy majmualari oʻz vaqtida foydalanishga topshirilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning bajarilishi toʻgʻrisida yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 30-sonli qaroriga asosan 2020-yil 18-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzqurilishmateriallari” AK bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining loyiha tashkilotlarining asoslangan hisob-kitoblari bilan tasdiqlangan buyurtmanomalari boʻyicha maishiy xizmatlar koʻrsatishning namunaviy majmualarini tashkil etish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha va boshqariladigan narxlarda belgilangan tartibda metall prokat va sement ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 4-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 18-son, 199-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son)