16.09.2010 yildagi 151-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2010-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2010-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2010-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼkidlab oʻtilsinki, 2010-yilning birinchi yarim yilligidagi Davlat budjeti daromadlari uning xarajatlaridan 49,8 mlrd soʻm miqdorda ortiq boʻldi yoki Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz miqdorda profitsit bilan ijro etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha Inqirozga qarshi choralar dasturini soʻzsiz roʻyobga chiqarish, makroiqtisodiy mutanosiblikni va iqtisodiy oʻsish surʼatlarining barqarorligini taʼminlash yuzasidan zarur saʼy-harakatlarni amalga oshirsin, shuningdek samarali investitsiya siyosatini oʻtkazish hamda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini texnik jihatdan modernizatsiya qilish va texnologik yangilashga doir strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish, soliq tushumlari mexanizmini takomillashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish, budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar hamda aholiga boshqa ijtimoiy toʻlovlar toʻlash uchun budjet xarajatlarini toʻliq va oʻz vaqtida moliyalashtirish, “Barkamol avlod yili” Davlat dasturini roʻyobga chiqarish yuzasidan tadbirlar oʻtkazish borasidagi ishlarni davom ettirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining eʼtibori tegishli mahalliy budjetlarga toʻlovlarning toʻliq tushishi taʼminlanishiga, budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishiga qaratilsin. Budjet intizomiga rioya etilishi hamda mintaqalarning moliyaviy salohiyatini oshirish yuzasidan amaliy choralar koʻrilishi ustidan nazorat kuchaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 16-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 9-son, 355-modda)