26.10.2015 yildagi 254-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining “2013 — 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi boʻyicha harakatlar dasturi”ning IV-yoʻnalishida belgilangan “Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish, ekologik taʼlim va barqaror rivojlanish maqsadlarida taʼlim doirasidagi qonunchilikni va meʼyoriy-uslubiy bazani rivojlantirish” chora-tadbirlarining bajarilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining axborotini eshitish haqidagi taklifi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat aʼzolari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan ularning axborotini, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish tartibining 3 va 4-bandlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston ekologik harakati deputatlari guruhining “2013 — 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi boʻyicha harakatlar dasturi”ning IV-yoʻnalishida belgilangan “Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish, ekologik taʼlim va barqaror rivojlanish maqsadlarida taʼlim doirasidagi qonunchilikni va meʼyoriy-uslubiy bazani rivojlantirish” chora-tadbirlarining bajarilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining axboroti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida eshitish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tadbirni, shuningdek ushbu tadbirga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish rejasini ishlab chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisiga yuboriladigan tahminiy savollar roʻyxatiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisiga taklif etish toʻgʻrisida taxminiy savollar roʻyxatini ilova qilgan holda xat tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining “2013 — 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi boʻyicha harakatlar dasturi”ning IV-yoʻnalishida belgilangan “Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish, ekologik taʼlim va barqaror rivojlanish maqsadlarida taʼlim doirasidagi qonunchilikni va meʼyoriy-uslubiy bazani rivojlantirish” chora-tadbirlarining bajarilishi boʻyicha axborotini eshitishga tayyorgarlik ishlari borishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari B.B. Alixonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 26-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
254-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 10-son, 385-modda)