Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 3-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2541-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi PF-4702-son “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 28-noyabrdagi 62-mh, 52 va 109-son qarori (roʻyxat raqami 2541, 2013-yil 26-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 701-modda) bilan tasdiqlangan Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X. MIRZAXIDOV
Toshkent sh.,
2016-yil 15-aprel,
17-04-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2016-yil 15-aprel,
113-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 15-aprel,
26-son
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 17-04, 113, 26-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-son “Mamlakatimizning dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarini ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-apreldagi 87-son “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.”.
2. 5-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi (bundan buyon matnda Davlat qoʻmitasi deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 6, 8-bandlar va 29-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Vazirlik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
4. 7-banddagi “Davlat qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Vazirlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin.
5. 11-bandda:
birinchi xatboshidagi “Davlat qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Vazirlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Vazirlik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
6. 12-bandda:
birinchi xatboshidagi “Davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Vazirlik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
rus tilidagi matnning toʻrtinchi xatboshisidagi “obyazan” degan soʻz “obyazano” degan soʻz bilan almashtirilsin.
7. 14-bandda:
birinchi xatboshidagi “Davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Vazirlik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Vazirlik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
8. 19-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Taʼlim” degan soʻz “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 24-bandning birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda kichik tadbirkorlik subyektlari boʻlib hisoblangan mikrofirmalar va kichik korxonalar bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash maqsadida ariza taqdim etmaydilar.”.
10. 27-bandning uchinchi xatboshisidagi “Davlat qoʻmitasini” degan soʻzlar “Vazirlikni” degan soʻz bilan almashtirilsin.
11. 30-banddagi “Davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Vazirlik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
12. 1 — 3-ilovalardagi “M.Oʻ.” degan abbreviatura “M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki bilan kelishilgan.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
2016-yil 15-aprel,
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2016-yil 15-aprel,
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2016-yil 15-aprel,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 18-son, 206-modda)