Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
Ekinbop urugʻliklar yetishtirish maqsadida ekilgan navli qishloq xoʻjalik ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 25-aprelda 2593-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-son “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2014-yil 20-maydagi 2-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2593, 2014-yil 12-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 24-son, 298-modda) bilan tasdiqlangan Ekinbop urugʻliklar yetishtirish maqsadida ekilgan navli qishloq xoʻjalik ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. TEShAYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 18-aprel,
25-son
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 18-apreldagi 25-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Ekinbop urugʻliklar yetishtirish maqsadida ekilgan navli qishloq xoʻjalik ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2 va 3-bandlardagi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi” degan soʻzlar “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 5-banddagi “Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga” degan soʻzlar “Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub boshoqli don ekinlari urugʻlarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 20-bandda:
uchinchi xatboshidagi “Oʻzpaxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga” degan soʻzlar “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasiga” degan soʻzlar “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Fermerlari kengashi, “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Fermerlari kengashi raisi S. TURDIYEV
2016-yil 15-aprel
“Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Y. XIDIROV
2016-yil 15-aprel
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi E. QUDRATOV
2016-yil 15-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 17-son, 180-modda)