Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi qaroriga oʻzgartish kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yil 23-martdagi 185-IV-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yil 12-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi 45-III-sonli qarorning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 2, 76-modda) 1-bandidagi “Muxammadiyev Ulugʻbek Nasriddinovich” degan soʻzlar “Jalilov Avazbek Abdujaminovich” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2015-yil 15-iyul,
185-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 7-son, 266-modda)