Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.08.2002 yildagi 301-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOShKENT ShAHRIDA VOYAGA YETMAGANLAR QAROVSIZLIGI VA ULAR ORASIDAGI HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISh IShLARINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyundagi qarorining bajarilishini taʼminlash, Toshkent shahrida bolalar va oʻsmirlar qarovsizligini, ular orasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, voyaga yetmaganlarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Toshkent shahar Xalq taʼlimi bosh boshqarmasiga qarashli Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi tugatilsin va uning negizida Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tasarrufidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, tashkil etilgan Markaz voyaga yetmaganlar oʻrtasida qarovsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish ishlarini amalga oshiruvchi, ularga tarbiyaviy taʼsir koʻrsatuvchi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga joylashtirish uchun joʻnatiladigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashtirish uchun boshqa davlatlarning shunday muassasalaridan keltiriladigan voyaga yetmaganlarni qabul qiluvchi muassasa hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Markaz xodimlarining shtat jadvalini asoslangan hisob-kitoblar asosida ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ichki ishlar vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi oʻn kun muddatda Toshkent shahar Xalq taʼlimi bosh boshqarmasining Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazining binosi, mol-mulki va transport vositalari Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tasarrufidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi balansiga berilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent shahar hokimligi ikki oy muddatda mahalliy budjet hisobidan Markaz binosini taʼmirlash ishlari tugallanishini, Markazga zarur boʻlgan barcha vositalar, anjomlar, buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 26-avgust.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 15-16-son, 123-modda)