O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarining bank tavakkalchiliklarini boshqarishiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomning 2-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 18-aprelda 2229-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/11-sonli “Banklar va banklar guruhlarining tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3427, 18.04.2023-y.) asosan 2023-yil 20-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 7-maydagi 14/2-son qarori (ro‘yxat raqami 2229, 2011-yil 25-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 20-21-son, 216-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining bank tavakkalchiliklarini boshqarishiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi “v” kichik bandidagi “Tijorat bankining likvidliligini boshqarishga bo‘lgan talablar to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 559, 1998-yil 2-dekabr)” degan so‘zlar “Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2709, 2015-yil 13-avgust)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2016-yil 26-mart,
8/7-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 16-son, 161-modda)