Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish qoidalari toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 12-aprelda 2154-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 26-yanvardagi 01-02/12-10-sonli ““Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2154-2, 01.02.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 15-oktabrdagi 01-02/12-24-son “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish qoidalari toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2154, 2010-yil 12-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 46-son, 418-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2016-yil 21-apreldan kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2016-yil 30-mart,
01-02/12-15-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-15-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish qoidalari toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorda:
nomidagi “qoidalari” degan soʻz “qoidalarini tasdiqlash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
muqaddimadagi “kodeksining 27, 28, 89 va 90-moddalari (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 2-son, 36-modda)” degan soʻzlar “kodeksi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Qoidalarda:
a) muqaddimadan “(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda) 27, 28, 89 va 90-moddalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“1. “Navoiy” EIIZga joylashtirilayotgan va undan chiqarilayotgan tovarlarga BYuD “Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) (bundan buyon matnda Yoʻriqnoma deb yuritiladi) asosida toʻldiriladi.
2. Tovarlarni “Navoiy” EIIZga olib kirish va undan olib chiqish vaqtida bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona organlariga Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida nazarda tutilganlardan qoʻshimcha ravishda mazkur Qoidalarning ilovasida keltirilgan hujjatlar taqdim etiladi.”;
v) 3-banddagi “iqtisodiy zona” degan soʻzlar “bojxona zonasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 4 — 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisi tomonidan BYuDning quyidagi grafalari toʻldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 17, 17a, 18, 19, 20, 22, 23, 24, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 39, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 49, 50, 54, “V” va “S”.
5. Ushbu Qoidaning 4-bandida koʻrsatib oʻtilgan BYuD grafalari (1, 17, 17a, 43, 44-grafalardan tashqari), Yoʻriqnomaning 4-bobiga muvofiq toʻldiriladi.
6. BYuDning 1, 17, 17a, 43, 44-grafalari quyidagicha toʻldiriladi:
1-grafa. “Deklaratsiya turi”:
grafaning birinchi boʻlmasida tovarlarni olib oʻtish yoʻnalishi koʻrsatiladi — “EK”;
grafaning ikkinchi boʻlmasida bojxona rejimi kodi erkin bojxona zona “71” koʻrsatiladi;
grafaning uchinchi boʻlmasida tovarlar elektron shaklda deklaratsiyalanganda “ED” yozuvi koʻrsatiladi, qogʻoz shaklda deklaratsiyalanganda ushbu boʻlma toʻldirilmaydi.
17-grafa. “Kelib tushadigan mamlakat”:
grafada “Oʻzbekiston” koʻrsatiladi.
17a-grafa. “Kelib tushadigan mamlakat kodi”:
grafada Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining kodi koʻrsatiladi.
43-grafa.
Mazkur grafada quyidagilar koʻrsatiladi:
“1” — agar “Navoiy” EIIZ qatnashchisining oʻz ehtiyojlari uchun moʻljallangan mahsulotni “Navoiy” EIIZga joylashtirilsa;
“0” — agar “Navoiy” EIIZ qatnashchisining oʻz ehtiyojlari uchun moʻljallanmagan mahsulotni “Navoiy” EIIZga joylashtirilsa.
44-grafa. “Qoʻshimcha maʼlumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”:
Grafada 899 tartib raqami ostida mazkur Qoidalarning ilovasida keltirilgan hujjatlarning raqami va sanasi koʻrsatiladi.
7. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisi tomonidan BYuDning quyidagi grafalari toʻldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 48, 49, 50, 54, “V” va “S”.
8. Ushbu Qoidaning 7-bandida koʻrsatib oʻtilgan grafalar (1, 43 va 44-grafalardan tashqari) Yoʻriqnomaning 5-bobiga muvofiq toʻldiriladi.
9. BYuDning 1, 43 va 44-grafalari quyidagicha toʻldiriladi:
1-grafa. “Deklaratsiya turi”:
grafaning birinchi boʻlmasida tovarlarni olib oʻtish yoʻnalishi koʻrsatiladi — “IM”;
grafaning ikkinchi boʻlmasida bojxona rejimi kodi erkin bojxona zona “71” koʻrsatiladi;
grafaning uchinchi boʻlmasida tovarlar elektron shaklda deklaratsiyalanganda “ED” yozuvi koʻrsatiladi, qogʻoz shaklda deklaratsiyalanganda ushbu boʻlma toʻldirilmaydi.
43-grafa.
Mazkur grafada quyidagilar koʻrsatiladi:
“1” — agar “Navoiy” EIIZ qatnashchisining oʻz ehtiyojlari uchun moʻljallangan mahsulotni “Navoiy” EIIZga joylashtirilsa;
“0” — agar “Navoiy” EIIZ qatnashchisining oʻz ehtiyojlari uchun moʻljallanmagan mahsulotni “Navoiy” EIIZga joylashtirilsa.
44-grafa. “Qoʻshimcha maʼlumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”:
Grafada 899 tartib raqami ostida mazkur Qoidalarning ilovasida keltirilgan hujjatlarning raqami va sanasi koʻrsatiladi.
10. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisi tomonidan BYuDning quyidagi grafalari toʻldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 48, 49, 50, 54, “V” va “S”.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatib oʻtilgan grafalar (37 va 44-grafalardan tashqari) Yoʻriqnomaning 4 va 6-boblariga muvofiq toʻldiriladi.
“Navoiy” EIIZga joylashtirilgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishda BYuDning 37 va 44-grafalari quyidagicha toʻldiriladi:
37 — grafa “Protsedura”:
a) “Navoiy” EIIZga joylashtirilgan chet el tovarlarini oʻzgartirilmagan holatda reeksport bojxona rejimiga rasmiylashtirishda “11 71 074”;
b) “Navoiy” EIIZga joylashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasi tovarlarini oʻzgartirilmagan holatda eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirishda “10 71 174”;
v) “Navoiy” EIIZda ishlab chiqarilgan tovarlarni eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirishda “10 71 274” koʻrsatiladi.
44-grafa. “Qoʻshimcha maʼlumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”:
Grafada 899 tartib raqami ostida mazkur Qoidalarning ilovasida keltirilgan hujjatlarning raqami va sanasi koʻrsatiladi.
11. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisi tomonidan BYuDning quyidagi grafalari toʻldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 48, 49, 50, 54, “V” va “S”.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatib oʻtilgan grafalar (15, 15a, 37 va 44-grafalardan tashqari) Yoʻriqnomaning tegishli boblariga muvofiq toʻldiriladi.
“Navoiy” EIIZdan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarni rasmiylashtirishda BYuDning 15, 15a, 37 va 44-grafalari quyidagicha toʻldiriladi:
15-grafa. “Oʻzbekiston” koʻrsatiladi;
15a-grafa. Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining kodi koʻrsatiladi.
37-grafa. “Protsedura”:
a) “Navoiy” EIIZga olib kirilgan chet el tovarlarini oʻzgartirilmagan holatda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish uchun rasmiylashtirishda “** 71 075”;
b) “Navoiy” EIIZga olib kirilgan Oʻzbekiston Respublikasi tovarlarini oʻzgartirilmagan holatda reimport bojxona rejimiga rasmiylashtirishda “41 71 175”;
v) “Navoiy” EIIZda ishlab chiqarilgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish uchun rasmiylashtirishda “** 71 275” koʻrsatiladi.
44-grafa. “Qoʻshimcha maʼlumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”:
Grafada 899 tartib raqami ostida mazkur Qoidalarning ilovasida keltirilgan hujjatlarning raqami va sanasi koʻrsatiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 15-son, 152-modda)