Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlari tasdiqlansin:
“R.A. Muhitdinovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida” 2007-yil 29-dekabrda chiqargan Farmoni;
“A.E. Nabiyevni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida” 2008-yil 4-fevralda chiqargan Farmoni;
“N.T. Yoʻldoshevni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida” 2008-yil 4-fevralda chiqargan Farmoni.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-mart,
478-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 3-son, 149-modda)