28.03.2008 yildagi 476-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2007-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2007-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati shuni qayd etadiki, oʻtgan davr mobaynida Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan mamlakatda ekologik vaziyatni sogʻlomlashtirish va ekologik xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning tarkibiy boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2007-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan oʻrtaga qoʻyilgan vazifalarni bajarishga qaratilgan faoliyat olib bordilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2007-yil 30-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2006-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida”gi 331-I-sonli Qarorini bajara borib, vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirib, kompleks tadbirlarni amalga oshirgan, natijada oʻtgan yili koʻchma manbalardan atmosferaga chiqarib tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori 2006-yildagiga nisbatan 5,9 ming tonnaga, ochiq suv havzalariga tashlanayotgan ifloslangan oqova suv hajmi 99 ming va normativ boʻyicha tozalangan oqova suv hajmi 88,74 million kub metrga, hosil boʻlayotgan chiqindilar miqdori toʻqqiz foizga kamaygan. Quvvati soatiga 48,4 ming kub metrni tashkil etadigan chang va gaz tozalash qurilmalari foydalanishga topshirilgan, ishga tushirilgan aylanma suv taʼminoti tizimlari esa ish hajmini 7,03 million kub metrga koʻpaytirish imkonini bergan. 3,7 ming kilometrdan ortiq uzunlikdagi vodoprovod va 10,8 kilometrlik kanalizatsiya tarmoqlari qurilgan hamda taʼmirlangan, 38 ming kub metr suv tejab qolingan. Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida Amudaryo yoqalab, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Toshkent hamda Fargʻona viloyatlarida Sirdaryo yoqalab suvni muhofaza qilish zonalari hamda sohilboʻyi mintaqalari yerlarining umumiy maydoni belgilab berilgan. 3,7 ming gektar yerning meliorativ holati yaxshilangan, ikki ming gektar yer qayta tiklangan. 19,6 mingta avtotransport vositasi gaz va dizel yonilgʻisi bilan ishlashga oʻtkazilgan. Etillangan benzin ishlab chiqarish miqdori kamaytirilgan va u jami ishlab chiqarilgan benzin hajmining ikki foizini tashkil qilgan. Ishdan chiqqan lyuminessent lampalarni zararsizlantirish oʻtgan yilga nisbatan 12 foizga koʻpaygan. Fosfogipsni qayta ishlash qurilmasi foydalanishga topshirilgan. Maydoni 943 gektardan ortiq hudud koʻkalamzorlashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoyalash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlarini ijro etish maqsadida nazoratdagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan tekshirishlar soni 4,2 foiz kamaytirilgan. Ayni bir vaqtda tekshiruvlar samaradorligi ikki foizga oshgan va 99,8 foizni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tahliliy va profilaktika yoʻnalishidagi ishlar kuchaytirilgan. Atrof muhitni belgilangan normativlardan ortiq darajada ifloslantirayotgan 598 ta manba aniqlangan. “Toza havo” operatsiyasi tadbirlarini oʻtkazish chogʻida 154 ta avtoxoʻjalik, 145 ta avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasi va 21 ta avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish stansiyasi, ikkita avtomobillarni taʼmirlash zavodi hamda 184 mingga yaqin yoki 2006-yildagiga nisbatan 32,7 foiz koʻp avtotransport vositasi tekshiruvdan oʻtkazilgan. Atrof muhitni belgilangan normativlardan ortiq darajada ifloslantirayotgan 17 mingga yaqin harakatlanuvchi manbalar aniqlanib, 362 dona avtotransport vositasidan foydalanish vaqtincha toʻxtatib qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻpol tarzda buzganligi uchun 19 mingga yaqin yoki 2006-yildagidan 31,3 foiz koʻp mansabdor shaxs va fuqaro maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Atrof muhitga yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan solingan jarimalar va kiritilgan daʼvolar miqdori oldingi hisobot yilidagiga nisbatan 2,4 baravar ortgan. Brakonyerlardan oldingi hisobot yilidagiga nisbatan ikki baravar koʻp ov quroli hamda 1,4 baravar koʻp toʻr va shunga oʻxshash materiallar musodara etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamgʻarmalariga 2006-yilga nisbatan 36 foiz koʻp yoki 3,7 milliard soʻm mablagʻ tushgan boʻlib, uning 1,7 milliarddan ortiqrogʻi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, 429 milliondan ortiqrogʻi esa respublika tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasiga oʻtkazilgan, bu 2006-yilga nisbatan tegishincha 34 va 20,2 foiz koʻpdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiatni muhofaza qilish respublika jamgʻarmasi dasturida belgilangan tadbirlar bajarilganligi natijasida 2007-yilda 377,4 million soʻm oʻzlashtirilgan, bu esa rejalashtirilgan xarajatlarning 92 foizini tashkil etadi. Shu mablagʻlarning 225 million soʻmdan ortiqrogʻi yoki 59 foizdan ortigʻi tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga sarflangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan hisobot davrida qariyb 460 ming AQSh dollari miqdorida chet el investitsiyalari jalb etilgan va oʻzlashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ekologik vaziyatning barqarorligini taʼminlash hamda Aydar-Arnasoy koʻllari tizimidan samarali foydalanish kompleks dasturi qabul qilingan. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga Oʻzbekiston Respublikasida chiqindi bilan bogʻliq ishlarni boshqarish Milliy strategiyasi va Harakat rejasi, Oʻzbekistonda ekoturizmni rivojlantirish konsepsiyasi loyihalari, Iqtisodiyot va Moliya vazirliklariga esa Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha 2008 — 2012-yillarga moʻljallangan Harakat dasturini hamda Oʻzbekiston Respublikasining qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish Milliy dasturini amalga oshirish tadbirlari loyihalari kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xitoy Xalq Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish davlat boshqarmasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi oʻrtasida atrof muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik qilish boʻyicha hamfikrlik Memorandumi imzolandi. Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining Transchegaraviy ochiq suv oqimlari va xalqaro koʻllarni muhofaza qilish hamda foydalanish boʻyicha Konvensiyaga (Xelsinki, 1992-yil 17-mart) hamda Xalqaro ochiq suv oqimlaridan kema qatnovi bilan bogʻliq boʻlmagan tarzda foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (Nyu-York, 1997-yil 21-may) qoʻshilishi zarurligini asoslab beruvchi hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 9-avgustdagi “Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida”gi PQ-683-sonli Qarori qabul qilinganligi transchegaraviy ochiq suv oqimlaridan oqilona foydalanish borasidagi xalqaro huquqlar va normalarni amalga oshirishga yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastrining yuritilishi ham Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan taʼmin etildi. Bu ish hozirgi kunda 303 obyekt boʻyicha amalga oshirilmoqda. Jizzax va Navoiy viloyatlaridagi hayvonot hamda oʻsimlik dunyosi kadastrlari boʻyicha materiallar tuzib chiqildi va nashr etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Tojikiston alyuminiy zavodining Surxondaryo viloyatining ayrim tumanlariga taʼsiri holatini, shuningdek Mayluu-Suu daryosi mintaqasidagi togʻ koʻchish va sel olish jarayonlari holatini doimiy nazorat qilib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Davlat axborot markazi va axborot-tahlil xizmati ishlab turibdi. Atrof muhit holati monitoringi yagona tizimi hamda axborot taʼminoti maʼlumotlar bazasi shakllantirildi. Oʻzbekistondagi asosiy ekologik muammolar va donorlik yordami karta-sxemasi chop etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik bilimlar va ekologik taʼlimni targʻib qilish ishi, shuningdek noshirlik faoliyati kuchaytirildi. Ekologiya mavzuida eʼlon qilingan maqolalar soni 2006-yildagiga nisbatan 12,9 foizga, radioeshittirishlar va telekoʻrsatuvlar 13,7 foizga, leksiya va suhbatlar 2,2 baravar koʻpaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Eko-Energiya” ilmiy-joriy etish markazi tomonidan resurs tejaydigan qurilmalarni, qayta tiklanadigan ekologik toza energiya manbalarini ishlab chiqish hamda ularni muhofaza qilinadigan tabiiy hududlardagi obyektlarda keng joriy qilish ishlari davom ettirildi. Oʻzbekiston Respublikasining qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish Milliy dasturi loyihasi ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatdan kompleks tarzda foydalanish, shu jumladan yer, suv resurslaridan, biologik va boshqa tabiiy resurslardan foydalanishning ekologik jihatdan asoslangan usullarini joriy etish ishlarini toʻliq amalga oshirmayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent, Andijon, Angren, Buxoro, Qarshi, Qoʻqon, Navoiy, Sariosiyo, Chirchiq, Fargʻona singari shaharlarda ifloslantiruvchi moddalarning ayrim ingrediyentlari boʻyicha ifloslanish darajasini sanitariya-gigiyena normalari darajasiga qadar pasaytirish uchun yetarli choralar koʻrmayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitni va uning transchegaraviy ifloslanishini ekologik monitoring qilish natijalari boʻyicha koʻrayotgan chora-tadbirlari yetarli darajada emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish sohasidagi statistika hisobotlari mukammal yigʻilishini va ishonchli boʻlishini taʼminlash imkoniyatlaridan toʻliq foydalanmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2007-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish Harakat dasturini amalga oshirish yuzasidan 2008 — 2012-yillarga moʻljallangan tadbirlar loyihasini 2008-yilning 1-iyuliga qadar tayyorlasin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatining asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy resurslardan, shu jumladan yer, suv, mineral-xomashyo resurslari, biologik resurslardan oqilona va kompleks foydalanilishini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilishga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bajarish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish, bunda transchegaraviy mazmundagi ekologik xavfsizlikni taʼminlashga alohida eʼtibor berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat hududida atrof muhitning ifloslanish darajasi ekologiya-gigiyena va sanitariya normalari darajasiga qadar pasayishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnikaviy salohiyatni rivojlantirish hamda atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ekologik toza hamda resurs tejaydigan texnologiyalarni, shu jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat organlari va tabiatdan foydalanuvchilar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalarini tartibga solishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish hamda kengroq joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik monitoring, prognoz va axborot, atrof muhitning transchegaraviy ifloslanishini nazorat qilish hamda mamlakat hududini undan muhofaza etish xizmatlari yagona tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning, hayvonot va oʻsimlik dunyosining, ishlab chiqarish chiqindilarining davlat kadastrlari yuritilishini tashkil etish hamda taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ekologik taʼlimi, madaniyati hamda tarbiyasi tizimini rivojlantirish va takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya muammolarini hal qilishda jahon hamjamiyati bilan hamkorlikni kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent, Andijon, Angren, Buxoro, Qarshi, Qoʻqon, Navoiy, Sariosiyo, Chirchiq, Fargʻona singari shaharlarda ifloslanish darajasini sanitariya-gigiyena normalari darajasiga qadar pasaytirish choralarini koʻrsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat va maishiy oqova suvlarni tozalash boʻyicha kommunal tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish, taʼmirlash hamda ular ishining samaradorligini oshirish ishlarini tashkil etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning, hayvonot va oʻsimlik dunyosining, ishlab chiqarish chiqindilarining davlat kadastrlari yuritilishini tashkil etish hamda taʼminlashga yordam bersinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ekologik taʼlimi, madaniyati hamda tarbiyasi tizimini rivojlantirishga va takomillashtirishga koʻmaklashsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatdan foydalanishni boshqarishning iqtisodiy mexanizmi samaradorligini oshirish hamda atrof muhitni ifloslantirganlik uchun tovon tariqasida toʻlanadigan mablagʻlar tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamgʻarmalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻz vaqtida kelib tushishini taʼminlash choralarini koʻrsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlari bilan birgalikda respublika hamda viloyat ahamiyatiga molik shaharlarga kirish va ulardan chiqish joylarida “Ekotransnazorat” ekologik postlarini foydalanishga topshirish uchun amaliy choralar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda “Toza havo” operatsiyasini oʻtkazishning samaradorligini oshirish choralarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tabiatni muhofaza qilish sohasidagi statistika hisobotlari toʻliq yigʻilishini va ishonchli boʻlishini taʼminlash yuzasidan zarur choralar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 28-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
476-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 3-son, 148-modda)