Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi tarkibiga oʻzgarishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2005-yil 19-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi Qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 3-4, 118-modda) qisman oʻzgarishlar kiritib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi aʼzosi etib saylansin:
Vafoyev Ulugʻbek Nazarovich — Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari;
Ismoilov Umid — Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi;
Nazarov Hamidulla Sotivoldiyevich — Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasining aʼzosi.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2008-yil 13-mart,
763-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 3-son, 124-modda)