Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin:
2008-yil 1-mayda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi A.U. Baxramov toʻgʻrisida”gi;
2008-yil 26-iyunda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi N.I. Kucherskiy toʻgʻrisida”gi;
2008-yil 26-iyunda qabul qilingan “Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi aʼzosi C.T. Inamova toʻgʻrisida”gi;
2008-yil 26-iyunda qabul qilingan “Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi A.A. Abdullayev toʻgʻrisida”gi;
2008-yil 26-iyunda qabul qilingan “Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi aʼzosi I.A. Bobojonov toʻgʻrisida”gi;
2008-yil 26-iyunda qabul qilingan “Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi aʼzosi C.A. Rafikov toʻgʻrisida”gi;
2008-yil 26-iyunda qabul qilingan “Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi A.X. Eshmurotov toʻgʻrisida”gi;
2008-yil 26-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-iyun,
510-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 7-son, 371-modda)